TAKRORIY PILLA BOQISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jahonda tabiiy ipak matolariga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Bu esa pilla yetishtirish hajmini yanada ko’paytirishni taqozo etadi.
Shu bois mamlakatimiz pillakorlari bahorgi mavsumda pilladan mo’l va sifatli hosil olish barobarida, keyingi yillarda takroriy ipak qurti parvarishlab, bir yilda ikki marotaba “kumush tola” yetishtirishmoqda. Bu yil yurtimizda ixtisoslashgan qurtxonalarda 3000 qutidan ortiq ipak qurti urug’i takroriy parvarishlanishi rejalashtirilayotir.
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan Yangiyo’l tumani pilla korxonasida tashkil etilgan respublika seminar-kengashida ipak qurtini takroriy boqish masalalari muhokama etildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar “Pilla” birlashmalari, ipak qurti urug’chiligi korxonalari, pilla naslchiligi stansiyalari rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etgan mazkur tadbirda mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijasida keyingi yillarda pilla hosilining salmog’i ortib, sifati yaxshilanayotganligi ta’kidlandi.
Anjumanda takroriy ipak qurti boqishga tayyorgarlik ishlarini yakunlash, ipak qurti urug’larini tayyorlash va uni agrotexnik qoidalar asosida parvarishlashni tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.