Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TANLOV NATIJALARI SARHISOB QILINDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TANLOV NATIJALARI SARHISOB QILINDI

Poytaxtimizda axborot texnologiyalari loyihalari bo‘yicha “Intellect2All” hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha “Cyber Security Challenge Uzbekistan” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida o‘tkazilgan ushbu tanlovlar Yoshlar tashabbuslari markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etildi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda kollej va litseylar, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar zamonaviy komputer texnikasi va elektronikani puxta o‘rganmoqda. Masalan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mobil aloqa, elektron muhandislik va robоt texnika, optik tolali aloqa liniyalari bo‘yicha ilmiy laboratoriyalar mavjud. Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida faoliyat ko‘rsatayotgan “Samsung” servis akademiyasida mobil qurilmalar va raqamli televizorlarni ta’mirlash mutaxassislari tayyorlanmoqda.

Yoshlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tanlov va musobaqalarda o‘z bilimini namoyish etib, biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lmoqda.

Axborot texnologiyalari loyihalari tanlovining yakuniy bosqichida eng yaxshi 40 loyiha muallifi uch yo‘nalish bo‘yicha bahslashdi.

Veb-ishlanma nominatsiyasida Farg‘ona viloyatining “FSIX” jamoasi O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari suratlaridan foydalangan holda yaratilgan All360.uz veb-sahifasi uchun birinchi o‘rinni egalladi. “Mobil ilovalar” nominatsiyasida Buxoro viloyati jamoasi tomonidan yaratilgan “Bоt rabbit” ilovasi eng yaxshi deb topildi. Virtual reallik formatidagi milliy muzey – “Gallery” loyihasini yaratgan Toshkent shahri jamoasi virtual reallik ilovalari nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Axborot xavfsizligi sohasidagi musobaqalar ham qiziqarli o‘tdi. Tanlovning yakuniy bosqichida ishtirokchilarga zamonaviy kiber makon voqeliklariga imkon qadar yaqinlashtirilgan topshiriqlar berildi. Ular sayt va serverlarning himoyasiz joylari va kamchiliklarini topib bartaraf etishi kerak bo‘ldi. Buxoro viloyatining “Wind” va “Elio” jamoalari birinchi va ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin Toshkent shahrining “Janob robоt” jamoasiga nasib etdi.

Mazkur tanlovlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotga keng joriy etilayotgani, yoshlarning yuqori texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi va dasturchilarning bu boradagi mahorati tobora ortayotganini yana bir bor namoyon etdi.

O’zA