Tashabbuskor tadbirkorlar ko‘rigi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2015” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda 50 mingga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. Sohaga qaratilayotgan doimiy e’tibor va yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit ushbu subyektlar erishayotgan yutuqlarning omili bo‘lmoqda. “Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanlovida ishtirok etishga qiziqish bildirayotganlar soni ham yil sayin ortmoqda.
– Tanlovning bu yilgi tuman bosqichlarida 650 tadbirkor ishtirok etdi, – deydi Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Abdullayev. – Ular orasidan 22 nafari shahar bosqichida g‘oliblik uchun bahslashdi. Korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish, tovar ishlab chiqarish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini oshirish ko‘rik-tanlovning asosiy mezoni bo‘ldi. Tadbirkorlarning izlanuvchanligi, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishiga alohida e’tibor qaratildi.
– 2012-yilda tashkil etilgan korxonamiz qisqa davrda ichki bozorda o‘z o‘rnini topdi, – deydi Uchtepa tumanidagi “Funnu Tous Rlast” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Akrom Muzaffarov. – Dastlab o‘n kishi mehnat qilgan korxonamizda bir necha turdagi bolalar o‘yinchoqlari chiqarilar edi. Hozir ishchilar soni o‘ttiz nafarga, mahsulotlar turi saksontaga yetdi. Joriy yilda mahsulotlarimizni sotish bo‘yicha bir necha xorijiy davlat bilan shartnomalar imzoladik. Bularning barchasi mamlakatimizda biz, tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasidir.
Tadbir doirasida tadbirkor va hunarmandlar ishlab chiqargan sanoat va iste’mol tovarlari, oziq-ovqat, mashinasozlik mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda taqdim etilgan turli xildagi sanoat mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari sifat mezonlariga ko‘ra xorijnikidan aslo qolishmasligi bilan xaridorlar e’tiborini tortdi. Olmazor tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi mo‘ynado‘z Mirabbos Sa’dullaevning mahsulotlari uchun ajratilgan maydon, ayniqsa, odamlar bilan gavjum bo‘ldi.
– Ushbu hunarni davom ettirayotgan to‘rtinchi avlod vakiliman, – deydi M.Sa’dullaev. – 2008-yilgacha teridan gilamlar tayyorlar edik. So‘ngra oshlangan teriga mo‘yna bilan ishlov berib, turli hayvonlar, gul va daraxtlarning suratini tushirishni yo‘lga qo‘ydik. Mahsulotlarimiz ichki va tashqi bozorda xaridorgir. O‘tgan yili Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida Xitoyda o‘tkazilgan ko‘rgazmada ishtirok etdik. Namuna uchun olib borilgan barcha mahsulotimiz xorijliklar tomonidan sotib olindi.
Ko‘rik-tanlovda g‘oliblar “Eng yaxshi tadbirkor”, “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyalari, shuningdek, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Yoshlarga eng ko‘p ish o‘rinlari yaratgan tadbirkor”, “Keksa tadbirkor – tashabbus e’zozida” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlandi.
Shayxontohur tumanidagi "Aziya sport-S" xususiy firmasi rahbari Saidahmad Kamolov “Eng yaxshi tadbirkor”, Chilonzor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan hunarmand Ravshan Norxo‘jayev “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar “Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida ishtirok etadi.