TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA 2020 YILNING DOLZARB VAZIFALARI MUHOKAMA QILINDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

TOShKENT, 8 yanvar. /“Dunyo” AA/. 7 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov vazirlik hay’ati yig‘ilishini o‘tkazdi. Vazir o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari qatnashgan tadbirda 2019 yildagi faoliyati yakunlari va yangi yildagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri vazirlik matbuot xizmati ma’lumotiga tayangan holda.
Tashqi siyosat rahbari Instagramdagi sahifasida qayd etishicha, ziddiyatli va tez o‘zgaruvchan global jarayonlar, dunyo iqtisodiyotidagi yangi tahdidlar va mintaqadagi murakkab vaziyatga qaramasdan belgilangan islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish, mamlakatimizni modernizatsiyalash va xalqimiz farovonligini yanada oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim.