TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga kelgan Saksoniya federal yeri parlamenti raisi Mattias Rossler bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarninig hozirgi holati va yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi, jumladan mamlatkatimizning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi doirasidagi aloqalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining GFR hududiy parlamentlari va Bundestagi hamda Yevropa parlamenti bilan hamkorligining faollashuvi va chuqurlashuvi qayd qilindi.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
mfa.uz