Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Temir tulpor komandiri

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Temir tulpor komandiri

Bugungi qahramonimiz Ikkinchi jahon urushida tillarda doston boʻlgan harbiy texnikalardan biri T-34 tanki va jangovar mashinalarni taʼmirlash rotasi komandiri Xayrutdin Asamutdinovdir.

Xayrutdin Asamutdinov 1924-yil Toshkent shahrida hunarmand oilasida tugʻilgan. Otasi Asamutdin bobo va onasi Marhamat aya milliy doʻppidoʻzlik bilan shugʻullanishgan. Xayrutdin oilada 10 nafar farzandning ikkinchisi edi. Uning oʻspirinlik davri Ikkinchi jahon urushining suronli yillariga toʻgʻri keldi. Chunki qahramonimiz 114-maktabni tamomlagan paytda fashistlar Yevropaning bir qator davlatlariga bosqinchi sifatida urush eʼlon qilgandi.

Oradan bir yil vaqt oʻtgandan keyin maktabni aʼlo baholar bilan tugatgan Xayrutdin Asamutdinov Toshkent aviatsiya zavodida chilangar boʻlib ishladi. Keyinchalik esa oʻz ixtiyori bilan Chirchiq shahriga koʻchirib keltirilgan 1-Xarkov tankchilar bilim yurtiga oʻqishga kirdi. 1942-yilning oktyabr oyidan 1943-yilning avgust oyiga qadar jangovar mashinani boshqarish boʻyicha tezlashtirilgan muddatda yetarli bilimlarga ega boʻlib, frontga yuborildi. Oʻsha paytlarda oʻzbek tankchi ofitseri kam uchraydigan holat edi va u bu borada birinchilardan boʻldi.

photo_2020-05-13_18-22-52.jpg
Kichik leytenant Xayrutdin Asamutdinov oʻqishni tugatgandan keyin Ural harbiy okrugidagi 2-zaxira tankchi polkida T-34 tanki komandiri etib tayinlangan. 1943-1944-yillar Dasht fronti (Stepnoy front keyinchalik 2-Ukriana fronti deb nom berilgan) 110-brigadasi, 1-batalyonida tank komandiri sifatida janglarda qatnashdi. 1943-yil 2-Ukraina frontining 5-gvardiyachi tank armiyasi, 18-tank korpusi, 110-tank brigadasi zaxira rotasi ofitserlari tarkibiga qoʻshildi. Bilim yurtida olgan tajribasi tufayli T-34 tanki komandiri sifatida janglarga kirishdi. 1944-yilning yanvar-fevral oylarida Znamensk hamda Kirovograd shaharlari uchun boʻlgan janglardagi jasorati uchun “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlandi.

Oʻzbek jangchisining oʻsha janglardagi qahramonligini rota komandiri quyidagicha tasvirlagan va mukofotga tavsiya etgan:

“Znamensk hamda Kirovograd shaharlarini fashist bosqinchilaridan ozod qilish janglarida kichik leytenant Asamutdinov jasorat va mardlik namunalarini koʻrsatdi. U oʻzining T-34 tanki taʼmirlanayotgan paytda jangda shikastlangan boshqa 15 ta tank va 32 ta gʻildirakli artilleriya qurollarini tirgakli texnika yordamida dushman hujumidan bexatar hududga olib oʻtishda misli koʻrilmagan jasorat namoyish qildi. Shuningdek, u har safar jang maydoniga qaytishda quroldosh doʻstlariga zarur qurol-aslahalarni yetkazib, brigadaning jangovar topshiriqlarni aʼlo darajada bajarishida munosib hissasini qoʻshdi. Xayrutdin Asamutdinov koʻrsatgan jasorat va mardlik “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlanishga loyiq.

photo_2020-05-13_18-23-00.jpg
Texnik taʼminlash rotasi komandiri katta leytenant Griga. 12-fevral, 1944-yil”.

Dushmanga qarshi misli koʻrilmagan ogʻir janglarda toblangan Xayrutdin Asamutdinovga 1944-yilning 6-sentyabrida leytenant unvoni berildi. Komandirlarining ishonchidan ruhlangan jasur oʻzbek oʻgʻloni oradan bir hafta oʻtib, navbatdagi qahramonligi bilan 110-tank brigadasiga namuna boʻldi.

Asamutdinovning taʼmirlash vzvodi 19-avgustdan 12-sentyabrgacha 34-batalyon tanklarining 2250-2950 kilometr masofani muvaffaqiyatli bosib oʻtishini taʼminladi va buning natijasida Ruminiyaning Alba-Yuliya shahri ozod etildi. Brigadaning mazkur yurishida leytenant Xayrutdin Asamutdinov vzvodi tomonidan 44 tankning jangovar shayligi taʼminlandi. U tomonidan koʻrsatilgan mardlik va jasorat bu safar “II darajali Vatan urushi” ordeniga loyiq topildi.

photo_2020-05-13_18-22-56.jpg
Ukraina, Ruminiya, Vengriya, Yugoslaviya, Avstriya, Germaniya va Chexoslovakiyani fashist bosqinchilaridan ozod etishda munosib hissasini qoʻshdi. Ushbu shaharlarni ozod qilishdagi qahramonliklari evaziga “Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun”, “Budapeshtni ozod qilganligi uchun”, “Venani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlandi. Shuningdek, koʻplab shaharlar uchun boʻlgan janglarda Oliy qoʻmondonlikning yigirmaga yaqin tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

2-Ukraina fronti tarkibida harakat qilgan 5-gvardiyachi tank armiyasi, 18-tank korpusi, 110-tank brigadasi marshal Ivan Konev qoʻmondonligida Kursk ostonasidagi mashhur Proxorovka tanklar toʻqnashuvi, Korsun-Shevchenko operatsiyasi hamda Dnepr daryosini kechib oʻtishda muhim gʻalabalarga erishdi. Fashistlarning bir necha armiyalardan tashkil topgan “Janub” guruhi aynan mana shu ikki shahar uchun boʻlgan janglarda butunlay tor-mor etildi. Oʻzbek ofitseri Xayrutdin Asamutdinov oʻz taʼmirlash boʻlinmasi bilan tanklarni tezkorlik bilan jangavor shay holatiga keltirish hamda qoʻshinning muvaffaqiyatini taʼminlashda yengilmas jasorat va matonat namunalari koʻrsatdi.

Dushmanga qarshi ayovsiz janglarda leytenant Asamutdinov gʻalabaga boʻlgan ishonchi va mardligi bilan oʻzbek jangchisiga xos boʻlgan irodani namoyish qildi. U frontdan yaqinlariga yuborgan xat va fotosuratlar ortiga bitilgan dil soʻzlar orqali fashist bosqinchilari ustidan albatta gʻalaba qozonamiz deya qayta-qayta taʼkidlardi. Ayniqsa, ukasi Zayniddinga jangovar topshiriqlardan keyin tushgan rasmlarini joʻnatib turishni kanda qilmadi. Ayovsiz janglar bilan gʻalabani Berlinda kutib olgan oʻzbek tankchisi urushdan keyin ham hirbiy xizmatni davom ettirib, 1947-yil yil jonajon Oʻzbekistonga qaytib keldi.

photo_2020-05-13_18-22-49.jpg
Bir necha muddat Frunze (hozirgi Yakkasaroy) tumani yoshlar tashkilotida ikkinchi kotib boʻlib ishlagan qahramonimiz keyinchalik xavfsizlik xizmati maktabi va Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)da tahsil oldi. Frontda orttirgan tajribasi, tezkor va oʻz vazifasiga sidqidildan yondashishi tufayli davlat xavfsizlik qoʻmitasida turli rahbarlik lavozimlarida ishladi. Oʻzbekiston fuqaro aviatsiyasi kontrazvedkaviy taʼminlash boʻlimi tezkor xodimi, DXQ Fargʻona, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari boshqarmalarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatdi. Xavfsizlik xizmati sohasida oʻttiz yildan ortiq samarali mehnat qilgan polkovnik Xayrutdin Asamutdinov “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun” va boshqa bir qator medallar bilan mukofotlandi.

Urush yillarida NKVD xodimi sifatida front ortida samarali mehnat qilgan serjant Mavjuda Tojirova bilan turmush qurgan Xayrutdin Asamutdinov ikki oʻgʻlini ham xuddi oʻzi kabi oliy maʼlumotli huquq-targʻibot xodimi qilib tarbiyaladi. Katta farzandi Alisher Asamutdinov turli davlat tashkilotlarida yurtimizga munosib xizmat qilgan boʻlsa, kichik oʻgʻli Muhitdin Asamutdinov otasi izidan borib, davlat xavfsizlik qoʻmitasi xodimi sifatida faoliyat koʻrsatdi. Nevarasi Aziz Asamutdinov ham oilaviy anʼanani davom ettirgan holda harbiy sohada el-yurt osoyishtaligiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

Mamlakatimiz xavfsizlik xizmatida Asamutdinovlar sulolasida oʻziga xos maktabni yaratgan Ikkinchi jahon urushi qahramonining hayot yoʻli bugungi avlod vakillarini Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib oʻrin tutadi.

“Vatanparvar” gazetasi muxbiri