Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TEXNOPARKNING YANGI BOSQICHI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TEXNOPARKNING YANGI BOSQICHI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga tashrif buyurdi.

Ushbu IT-park Prezidentimizning 2018-yilda Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv asosida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindiston Respublikasining Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati hamkorligida tashkil etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi qarorida texnopark faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilandi, shu maqsadda direksiya tuzildi. Qurilish ishlari jadal olib borilib, joriy yil iyulda uning dastlabki binosi foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Texnoparkda mutaxassislar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, istiqbolli startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari, moliya texnologiyalari, logistika, elektron tijorat, elektron ta’lim, biotexnologiya va boshqa yo‘nalishlardagi ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Masalan, AQShdagi transport korxonalariga logistika hamda kafe va pitsseriyalarga autsorsing bo‘yicha texnologik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Texnoparkning bu kabi xizmatlari arzonligi, sifati qolishmasligi bilan xorijliklarga ma’qul bo‘lmoqda.

Iqtisodiyotimiz barqarorligi, har bir sohaning sifati va samaradorligi, aholiga qulayliklar yaratish axborot texnologiyalari bilan bog‘liq. Shuning uchun bu sohaga yanada keng imkoniyat, zarur infratuzilma yaratish, mutaxassislarni har tomonlama rag‘batlantirish, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mazkur texnopark rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar 2028-yilning 1-yanvariga qadar soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan. Bu soha mutaxassislariga katta madad bo‘lib, texnoparkka qiziqishni oshirmoqda. Qisqa vaqtda uning rezidentlari soni 300 dan ortdi.

Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida bu yerda yana yettita lotda qurilish qilinib, IT-ofislar, biznes markazi, mehmonxona va boshqa binolar barpo etish rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu yangi bosqich qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

Texnoparkda yillik ishlab chiqarish quvvati 2020 yilda 10 million dollardan ortishi, 2025-yilda esa 100 million dollarga yetishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar.

Davlatimiz rahbari bu yerda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

Bugun O‘zbekiston barcha sohalarda o‘zini namoyon etmoqda. O‘z vaqtida axborot texnologiyalariga e’tibor qaratganimiz yaxshi natijalar bermoqda. Bitta dasturiy mahsulot davlatimizga qancha naf keltiradi, korrupsiya, byurokratiyani bartaraf etadi, odamlarga qulaylik yaratadi. Har doim yodda tutinglarki, sizlarning ishingiz judayam muhim, - dedi Prezident.

WWW.PRESIDENT.UZ