TIVda O‘zbekiston-Niderlandiya hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

TIVda Niderlandiyaning yangi tayinlangan elchisi Andre Karstens bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Niderlandiya munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama kun tartibini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Niderlandiyalik diplomat so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va barcha jabhalardagi jadal rivojlanishni yuksak baholadi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Elchi yaqinda bo‘lib o‘tadigan «AgroWorld Uzbekistan 2023» qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida Niderlandiyaning 30 ga yaqin yirik kompaniyalari ishtirok etishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida joriy yilning may oyida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan niderlandiyalik rassom Ronald Kleyerning ko‘rgazmasini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlash, oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan kelishib olindi.
“Dunyo” AA