TOJIKISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT TO‘G‘RISIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 dekabr’ kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari yangi - 2020 yil kirib kelayotgani munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabrikladilar.
Joriy yil ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalari yanada rivojlangan va mustahkamlangan davr sifatida ikki tomonlama munosabatlar tarixida qolishi ta’kidlandi.
Hukumatlar, parlamentlar va hududlar, jumladan, Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. O‘zaro savdo hajmi salmoqli darajada oshmoqda, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanmoqda.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Joriy yil noyabr’ oyida poytaxtimizda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi Maslahat uchrashuvining natijalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.