TOJIKISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon o‘rtasida 2016-yil 5-dekabr kuni telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabrikladi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb vazifalarning amaliy ro‘yobga chiqarishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta’kidladilar.
O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qarorlarga kelish maqsadida davlat va jamoat tuzilmalari, xo‘jalik subyektlarining ikki tomonlama muloqotlarini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.
Suhbat konstruktiv va do‘stona ruhda kechdi.
O‘zA