TOJIKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI QOHIR RASULZODA TOSHKENTGA KELDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Toshkentda 1-2 noyabr kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha ShHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.