Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Samarqandga keldi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiya bugun Samarqand shahriga keldi.
Mehmonlar dastlab Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi. Shundan so‘ng Imom Buxoriy majmuasi va xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga sayohat uyushtirildi. Tojikiston parlamenti vakillariga mazkur ob’ektlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.
Ayni paytda delegatsiya a’zolari Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan tanishmoqda.
O‘zA