TOKIYODA SEMINAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaponiyaning Tokiyo shahrida O’zbekistonning zamonaviy taraqqiyotiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.
Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbirda vazirlik va tashkilotlar, kunchiqar mamlakat ilmiy-akademik va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi. Tadbir qatnashchilari mamlakatimizda barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlar, ijtmoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti hamda fuqarolik jamiyati barpo etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldilar.
Shuningdek, O’zbekiston sarmoyaviy salohiyati, yurtimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun tashkil qilingan qulay muhit, “Navoiy” EIIH, “Angren” va “Navoiy” MIHlarda yaratilgan imtiyozlar va afzalliklar haqida ma’lumot taqdim etildi.
Seminar yakunida “Jahon” AA muhbiri seminar qatnashchilari bilan suhbatlashdi.
Fudji Takuya, BMT Xalqaro sayyohlik tashkilotining Yaponiyadagi hududiy ofisi menejeri:
— O’zbekiston jahon tamadduni beshiklaridan biri bo’lgani holda ko’p asrlar davomida Sharq va G’arbni bog’lovchi ko’prik sifatida insoniyatning madaniy, ilmiy va ma’naviy boyligini o’zida mujassam etgan.
Respublika o’zining betakror tarixiy obidalari, yuksak madaniyati hamda samimiy mehmondos’t xalqi bilan butun dunyodan sayyohlarni jalb qilmoqda.
Xariyuki Yoshida, Nara prefekturasi Hududiy hamkorlik va taraqqiyot bo’limi direktori:
— Mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlik Buyuk ipak yo’li tashkil bo’lgan davrga - uzoq moziyga borib taqaladi.
O’zbekiston Yaponiyaning yaqin hamkorlaridan biri. So’nggi yillarda mamlakatingiz iqtisodiyotining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit yaponiyalik ishbilarmonlarni o’ziga yanada ko’proq jalb qilmoqda.
“Jahon” AA, Tokiyo