"Toshkent — mehmondo’st shahar" festivali
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan "Bolalar san’ati va ijodiy markazi"da "Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar" loyihasi doirasida "Toshkent — mehmondo’st shahar" yoshlar festivali bo’lib o’tdi. Unda 11 ta tuman tashabbusi bilan 11 viloyatning urf odatlari , an’analari tomoshabinlar etiboriga xavola etildi.
Inson yangilanish va yasharishga intilib yashaydi. Bahorning tarovati esa insonlar qalbidagi go’zallikdan boshlanadi. Yoshlar qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z milliy urf-odat, an’analarga mexr-sadoqat tuyg’ularini shakllantirish maqsadida 2003 yildan buyon "Kamolot" yoshlar ijtimoiy xarakati Toshkent shahar Kengashi tomonidan mazkur festival an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinmoqda.
O’zida milliy urf-odatlarimizni yoshlar qalbiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladigan loyihaning keng ko’lamli ekanligining namunasini yoshlar ma’naviyatiga, qadriyatlarga bo’lgan hurmat-e’tiborida o’z aksini topmoqda. Bugungi kunda yosh avlodni ota-bobolarimizdan bizgacha me’ros bulgan xalq o’yinlarida ishtirok etishlari yurtimizda yosh avlod tarbiyasiga qaratilgan e’tiborning yaqqol namunasi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Festivalga tashrif buyurganlar 11 viloyatning urf-odatlari, an’analari aks etilgan mu’jazgina dunyoga kirgandek bo’lishdi desak adashmaymiz . Devoriy gazetalar, milliy taomlar, o’ziga xoslik aks etgan liboslar kishi e’tiborini nafaqat jalb qildi, balki havas uyg’otdi.
Tumanlarning ushbu "taqdimot"larini bevosita nufuzli hakamlar hay’ati baxolab bordi. Doshqozonda qaynayotgan sumalak tadbirga yanada ko’tarinkilik baxsh etdi.
Festival so’ngida faol ishtirok etgan tumanlarga "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg’alari taqdim etildi.