TOSHKENT SHAHRIDA O‘ZBEKISTON-NORVEGIYA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI BO‘LIB O‘TDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
TOSHKENT, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. 2019-yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Norvegiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Norvegiya delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi Audun Halvorsen rahbarlik qildi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va inson huquqlari sohalaridagi ikki mamlakat munosabatlari jarayoni ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston-Norvegiya muloqotining faollashgani qayd etildi hamda shu munosabat bilan hamkorlikni institutlashtirish, xususan, tenglik asosida ikki mamlakat parlamentlarida hamkorlik bo‘yicha guruhlar tashkil etish, Ombudsman institutlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildirildi. Savdo-iqtisodiy va imliy-exnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya ta’sis etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat delegatsiyalari global va mintaqaviy xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” va “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyalari hamda Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondining faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani uchun Norvegiya tomoniga minnatdorlik bildirildi.
Uchrashuv yakunida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muloqotni muntazam ravishda davom ettirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ma’lum qilindi.
Muzokaralarda Norvegiyaning O‘zbekistondagi Elchisi Ole Johan Bjornoy ishtirok etdi.