Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Toshkent viloyati uchun 784 ta investitsiya loyihasidan iborat yangi dastur shakllantirilgan

2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Toshkent viloyati uchun 784 ta investitsiya loyihasidan iborat yangi dastur shakllantirilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

2019-2020 yillar uchun umumiy qiymati 39 trillion 833 milliard so‘m (4,7 milliard dollar) bo‘lgan 784 ta investitsiya loyihasidan iborat yangi hududiy dastur shakllantirilgani qayd etildi. Ularning 15 tasi davlat ahamiyatiga ega yirik loyiha bo‘lsa, 769 tasi xususiy biznes va investorlar ishtirokida amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’ektlarining 17 foizi ishlamayotgani, Angren shahri va Chinoz tumanida bu ko‘rsatkich 30-33 foizni tashkil etishi tanqid qilindi. Ularning faoliyatini tiklash, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oilalarga «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida joriy yilda 350 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha topshiriq berildi. Talab bo‘lsa, yana qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

— Nima uchun oilaviy tadbirkorlik, uylarda parrandachilik, chorvachilik, tomorqachilik bo‘lsin deyapmiz. Odamlarning daromadi oshishi, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lishi kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

www.president.uz