TOSHKENT YO’LAKLARNI TOZALAYDIGAN MASHINALARGA EGA BO’LADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2022-yilga qadar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining yo’l mashinalari parki 121 ta maxsus transport texnikalari hamda mexanizatsiya vositalariga ega bo’ladi, deb xabar beradi shahar hokimligining matbuot xizmati.
2017-yili Toshkent ko’chalarida yo’laklarni tozalaydigan uchta mashina harakatlana boshlaydi. Ularning umumiy bahosi 566 million so’m. Xuddi shunday texnikalarning umumiy soni 8 ta bo’ladi.
Shuningdek, har biri 210 million so’mlik 40 ta maxsus mashinalarni (qordan tozalovchi, sug’orib-yuvadigan, qum sochadigan) ham xarid qilish rejalashtirilmoqda. 2016-yili Toshkentda 7 ta ana shunday texnika vositalari ishlay boshlaydi.
121 ta texnika vositalarining umumiy bahosi 16,5 milliard so’mni tashkil etadi.
“Jahon” AA