TOSHKENTDA APREL OYIDA II XALQARO YURIDIK FORUM O‘TKAZILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

TOShKENT, 23 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi joriy yil 23-25 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan II «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Mazkur forum huquqshunoslik sohasida Markaziy Osiyoda har yili o‘tkaziladigan yirik xalqaro amaliy tadbirlardan biridir.
Anjumanni o‘tkazishdan maqsad yetakchi xalqaro va milliy ekspertlar uchun huquqshunoslikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar va zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilish uchun ochiq maydon yaratishdan iboratdir.
Bugungi kunda forumning maxsus sayti (http://tashkentlawspring.uz) yangilandi. Unda anjumanda qatnashish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar joylashtirilgan.
II «Tashkent Law Spring» xalqaro forumining asosiy mavzusi «To‘rtinchi sanoat inqilobi davrida huquq» deb belgilandi.
Forum dasturiga umumiy yig‘ilish, munozara sessiyalari, mahorat darslari va boshqa tadbirlar kiritilgan. Anjumanning madaniy tadbirlar qismida esa O‘zbekistonning qadimiy va tarixiy shaharlariga sayohat uyushtirish hamda konsert dasturlari o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, I «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumi 2019 yil aprel’ oyida o‘tkazilgan. Tadbirda 1 100 ishtirokchi, jumladan 30 dan ortiq mamlakatdan 250 ekspert jamlangan. Ular orasida O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yuqori mutasaddi shaxslari, huquq, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohalaridagi yetakchi ekspertlar, yirik yuridik kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarning vakillari bor edi.