Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TOSHKENTDA BMT MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARI IKKINCHI MILLIY MA’RUZASINING TAQDIMOTI BO’LIB O’TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TOSHKENTDA BMT MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARI IKKINCHI MILLIY MA'RUZASINING TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI

Poytaxtimizda O’zbekistonda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha ikkinchi milliy ma’ruzasining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda vazirlik va mutasaddi tashkilotlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

Taqdim qilingan mazkur ma’ruzada mamlakatimizda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish tahlili 8 bo’limga ajratilgan holda aks etgan: O’zbekiston va global hamkorlik; o’rta maktablarda ta’lim sifatini oshirish; ayollar va erkaklar huquqlarini tenglashtirish; onalar salomatligini mustahkamlash; OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish; ekologik barqarorlikni ta’minlash.

O’zbekiston Respubikasi Iqtisodiyot vaziri G.Saidova tadbirni ochib berarkan, O’zbekiston 2000-yilda Mingyillik deklaratsiyasini imzolab o’z oldiga mazkur maqsadlarga og’ishmay erishishni vazifa qilib qo’yganini ta’kidladi.

— Taqdim etilgan ma’ruza mamlakatimiz hukumati va BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan tayyorlangan bo’lib, u 2000-2013-yillarda yurtimizda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish jarayoniga holis baho berishni oldimizga usutvor vazifa qilib qo’yadi. Mazkur ma’ruzada yuqoridagi maqsadlarga erishishning asosiy omillari ko’rsatib berilgan, shuningdek mamlakat oldida turgan dolzarb masalalar va vazifalar aks etgan, - dedi u.

Tadbirda mazkur ma’ruzani tayyorlashda muvofiqlashtiruvchi tashkilot vazifasini bajargan Iqtisodiy tadqiqotlar markazi vakili so’zga chiqdi.

Taqdimot chog’ida O’zbekiston hukumatining barqaror iqtisodiy o’shish, daromadlarning aholi o’rtasida adolatli taqsimlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati jamiyatda ijtimoiy totuvlik va ahllikni hukm surishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 2001-2013-yillar davomida barqaror iqtisodiy o’sishga qaratilgan islohotlar natijasida O’zbekistonda kamta’minlanganlik darajasi deyarli ikki barobar - 27,5 foizdan 14,1 foizga kamaydi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 90-yillar o’rtalarida boshlangan ta’lim sohasini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar aholining barcha qatlamlari uchun sifatli o’rta ta’lim olish imkoniyatini yaratibgina qolmay, balki ta’limning undan keyingi bosqichlarini ham tubdan ijobiy tomonga o’zgartirdi. Sog’liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar mamlakatimizda aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda sifatli, professional va har tomonlama texnik jihozlangan xizmat ko’rsatish imkonini yaratib berdi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar ichimlik suvini isrof qilishning kamayishiga hamda yerlarning meliorativ holatining yaxshilanishini ta’minladi. Energetika infratuzilmasini rivojlantirish natijasida iqtisodiyotning energiya sarfi darajasi kamaymoqda, atmosferaga ifloslantiruvchi chiqindilar tashlash qisqarmoqda.

O’zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi doimiy koordinatori Stefan Prisner mamlakat hukumati BMT Mingyillik maqsadlari bilan milliy maqsadlar o’rtasida bog’liqlikni ta’minlagani holda aholining boshlang’ich va o’rta ta’lim olishini kafolatlash, o’rta maktablarda erkaklar va ayollar teng huquqliligini ta’minlash, onalar va bolalar o’limini qisqartirish va boshqa shu kabi milliy rivojlanish maqsadlariga erishishga muvaffaq bo’lganligini ta’kidladi.

— Bu borada amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalarni BMT e’tirof etadi. Mazkur ma’ruza BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha O’zbekistondagi ikkinchi ma’ruza hisoblanadi va 2015-yildan keyingi davrga mo’ljallangan global Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos ravishda o’rnatilgan O’zbekiston taraqqiyot maqsadlarini aniqlashda namuna vazfasini bajaradi, - dedi u.

“Jahon” AA