TOSHKENTDA "SWISS LAB" LABORATORIYALAR TARMOG’I OCHILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda "Swiss Lab" klinik diagnostika laboratoriyalari tarmog’i ochildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri O’zbekiston Respublikasi Innovatsion sog’liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmatiga tayanib.
"Swiss Lab" O’zbekiston-Shveysariya qo’shma korxonasi va O’zbekiston Respublikasi Innovatsion sog’liqni saqlash milliy palatasi o’rtasida 2019 yil yanvar oyida imzolangan o’zaro hamkorlik to’g’risidagi memorandumga muvofiq ushbu diagnostik klinikalar o’z faoliyatini boshladi.
"Swiss Lab" klinik laboratoriyalar tarmog’ini ochishdan maqsad, O’zbekiston aholisi uchun sifatli, arzon laboratoriya-diagnostika xizmatlarini ko’rsatish uchun qulay sharoitlarni yaratishdan iborat.
"Swiss Lab" asosiy tahlillarni qisqa vaqt hamda shafof tarzda amalga oshiradi. Bunda mijoz biomaterialning olinishidan boshlab, tahlil natijalari tayyor bo’lgunga qadar bo’lgan jarayonni bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Mazkur laboratoriya xizmati birinchi bosqichda Toshkentda, keyinchalik esa boshqa hududlarda tashkil etiladi.
"Bunday laboratoriyalar "referens laboratoriya"lar sirasiga kiradi va ularning faoliyati xalqaro me’yorlarga to’liq javob beradi. Bu juda sifatli va aniq nazorat o’rnatilgan jarayondir. "Swiss Lab" klinik diagnostika laboratoriyalari, shuningdek, O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimiga bu yo’nalishdagi xalqaro standartlar olib kelmoqda", - dedi Innovatsion sog’liqni saqlash milliy palatasi raisi Ravshan Izamov.
jahonnews.uz