Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda turistik faoliyatda axborot ta’minoti samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Parlament quyi palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi raisi I.Abdullayev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz sayyohlik imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar sohani sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mamlakat turizm sanoatini rivojlantirish, iqtisodiyotning tez o‘sishini ta’minlashda uning rolini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, dunyo bozorida milliy turistik mahsulot salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi barcha sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur faoliyat milliy turizm sohasini axborot bilan ta’minlash, turistik operatorlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari yechimlari va komputer dasturlarini ishlab chiqish, axborot bozori subyektlariga uyg‘unlashgan holda ishlash, xalqaro miqyosda mamlakatimiz nufuzini oshirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ibоt ishlarini olib borishni taqozo etadi.

– Turizm faoliyatini jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar «Turizm to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni yangi tahririni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Sharafiddinov. – Bu borada amaldagi qonunchilikka turizm faoliyatini axborot bilan ta’minlashga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhim omillardan biri hisoblanadi.

Davra suhbatida turizm faoliyatini axborot bilan ta’minlash jarayonini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

O’zA