Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Parlament saylovlari 2019 yil Parlament saylovlari 2019 yil O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston delegatsiyasining Anqara shahriga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chovushoʻgʻli oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tomonlar ikki davlat hukumatlari tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishi oldini olishga qaratilgan cheklov choralarining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan tadbirlarni, shuningdek, ushbu yoʻnalishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbolini muhokama qildilar. Oʻzbekiston tomoni Turkiya COVID-19 pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash strategiyasi borasida yuqori samaradorlikka erishganini eʼtirof etdi.

Turkiya tomoniga, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashda bir necha bor koʻrsatgan yordami, xususan, Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi koʻmagida Oʻzbekistonga 30 mingta himoya kostyumi va 50 ta oʻpkani sunʼiy shamollatish apparatlari yuborilgani, shuningdek, Anqara meriyasi tomonidan Toshkent shahri hokimiyatiga 250 ming niqob va 5 mingta dezinfeksiya vositasi taqdim etilgani uchun minnatdorlik bildirildi.

Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi ikki tomonlama sheriklikning yuqori darajasi, shuningdek, ikki mamlakat manfaatlariga mos keladigan barcha yoʻnalishlardagi hamkorlik qoʻlami yuqori surʼatda oʻsib borayotgani taʼkidlandi.

Shu nuqtayi nazardan, joriy yil 19-20-fevral kunlari yuqori darajada boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston – Turkiya” strategik hamkorlik Kengashi birinchi yigʻilishi mamlakatlararo hamkorlikning rivojlanishida boshlangan yangi bosqichni ifoda etgani tasdiqlandi. Ikkala davlatning umumiy manfaatiga xizmat qiladigan tashabbuslarni ilgari surish maqsadida yaqin vaqtlarda Strategik rejalashtirish guruhining 2-yigʻilishini va ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish imkoniyati koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan soʻnggi uch yil davomida 147ta loyihani amalga oshirish doirasida koʻrsatilgan texnik yordamni yuqori baholadi.

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi - Turkiya keng jamoatchiligini Oʻzbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Anqara va Istanbul shaharlarida Oʻzbekiston madaniyati kunlarini oʻtkazish rejasi muhokama qilindi.

Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish doirasida 14-iyul kuni onlayn shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati va Turkiya Respublikasining Bursa viloyati oʻrtasida Doʻstona aloqalar va hamkorlikni oʻrnatish toʻgʻrisida Memorandum imzolangani yuqori baholandi.

Muzokaralar yakunida Turkiya tomoniga tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasiga koʻrsatilgan yuqori darajadagi mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirildi. Uchrashuv davomida belgilangan yoʻnalishlar doirasida hamkorlikni faollashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

OʻzA