UCHTEPALIK SAYLOVCHILAR HAM MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISHDA ISHTIROK ETMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga joylarda muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.
Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi saylov uchastkalarida ham fuqarolarning muddatidan oldin ovoz berishda emin-erkin qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilingan.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasiga muvofiq, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Tumandagi 44-umumta’lim maktabi binosida joylashgan 45-saylov uchastkasida saylovchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mazkur saylov uchastkasida “Tinchlikobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiladigan 2 ming 996 saylovchi ro‘yxatga olingan.
– Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilmoqda, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Nodira Rahmonova. – Uchastkamizda 5 saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.
– 4-dekabr kuni xizmat safarida bo‘laman, – deydi Tinchlikobod mahallasida yashovchi A.Shomurodov. – Uchastka saylov komissiyasi a’zolari muddatidan oldin ovoz berishning qonunda belgilangan tartiblari bilan batafsil tanishtirdi. O‘z konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib, mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchlik-osoyishtaligimiz, farovon hayotimiz uchun bel bog‘lagan munosib nomzodga ovoz berdim.
– Men uchun mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi muhim voqeada qatnashish mas’uliyatli vazifadir, – deydi Tinchlikobod mahallasida yashovchi 72 yoshli onaxon F.Ashurova. – Nomzodlarning dasturi va tarjimai holi bilan tanishib chiqdim. Betobligim sababli, shu hafta Samarqandga davolanish uchun ketayapman. Muddatidan oldin o‘zim ro‘yxatdan o‘tgan 45-saylov uchastkasida eng munosib nomzodga ovoz berdim.
O’zA