Uilbur Ross: AQSH Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
AQSH savdo vaziri Uilbur Ross Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida OʻzA muxbiriga quyidagilarni soʻzlab berdi:
Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi hamkorlik strategik sheriklik xarakteriga ega. Mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiy munosabatlari yuqori surʼatda rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida AQSHga rasmiy tashrifi chogʻida ikki davlat rahbarlari erishgan kelishuvlar bunda muhim oʻrin tutmoqda.
Ushbu tashrif mamlakatlarimiz iqtisodiy hamkorligida yangi istiqbollar ochdi. Xususan, Toshkentda ilk bor Markaziy Osiyo savdo forumi oʻtkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaramizda Oʻzbekistonda olib borilayotgan jadal islohotlar, ularni toʻliq roʻyobga chiqarish borasida hamkorlik, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari va ikki mamlakat qarashlaridagi boshqa mushtarak jihatlar haqida suhbatlashdik.
Qayd etishni istardimki, AQSH Prezidenti Donald Tramp Oʻzbekistonda barcha sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi. Jumladan, AQSH mamlakatingizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi jarayonida koʻmak berishga tayyor. Qolaversa, 2019-yilda Oʻzbekistonga AQSH Savdo vazirligining savdo missiyasini joʻnatishni rejalashtirganmiz.
Oʻzbekiston nafaqat tadbirkorlik uchun, balki sayyohlikni yoʻlga qoʻyish borasida ham ulkan imkoniyatlarga ega ekan. Oʻylaymanki, bu kabi sohalardagi hamkorligimiz ham yanada mustahkamlanadi.