“Umra-2015” bahor mavsumi nihoyasiga yetdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Avval ma’lum qilinganidek, joriy yilning 9-fevralidan 23-mart kuniga qadar “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasining zamonaviy avialaynerlarida o’zbekistonlik ziyoratchilarni bahor oyidagi umra safariga yuborish amalga oshirildi, deya xabar beradi Din ishlari bo’yicha qo’mita matbuot xizmati.
Bahorgi umra ziyoratida jami 5350 nafar fuqarolarimizning Toshkent – Jidda – Toshkent yo’nalishi bo’yicha 25 ta charter reysida safarlari tashkil etildi. Ziyoratchilarga mavsum davomida o’zbekistonlik 8 nafar ishchi guruhi, 107 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 27 nafar shifokor va 4 nafar oshpaz xizmat ko’rsatdi.
Ziyoratchilar ibodat va ziyoratlarini amalga oshirishlari uchun barcha qulay sharoitlar yaratib berildi. Ziyoratchilar uchun Saudiyadagi mehmonxonalarda sun’iy yo’ldosh orqali O’zbekiston televideniyasi dasturlarini tomosha qilish, Vatanimizda bo’layotgan voqealardan xabardor bo’lish imkoniyatlari yaratildi.
Joriy yilning 6-iyul kunidan 20-iyul kuniga qadar Umra safarining ikkinchi bosqichi tashkil etiladi. Unda 670 nafar fuqarolarni Ramazon oyida ziyoratlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
“Jahon” AA