UNFPA VAKOLATXONASINING RAHBARI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

TOSHKENT, 8-yanvar. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) vakolatxonasining yangi rahbari Yu Yuni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri vazirlik matbuot xizmati ma’lumotiga tayangan holda.
Yu Yu o‘zining O‘zbekistonga tayinlanganligi to‘g‘risidagi BMT Bosh kotibining o‘rinbosari va UNFPA Ijrochi direktori Natalia Kanemning maktubini topshirdi.
Vazir Yu Yuni mazkur lavozimga tayinlanganligi bilan tabrikladi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishini tiladi.
Suhbat chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni hayotga tadbiq qilishning samaradorligini oshirish borasida tomonlarda qiziqish borligi tasdiqlandi.
O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlikka muhim ahamiyat qaratishi, xavfsizlikning global muammolari hamda mamlakatlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid masalalarni hal qiluvchi universal tashkilot deb bilishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda 2022-yilda UNFPA ko‘magida mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishning o‘tkazilishi bilan bog‘liq amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.