Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

USAID Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun yana 3,9 million dollar ajratdi

2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Parlament saylovlari 2019 yil Parlament saylovlari 2019 yil O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
USAID Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun yana 3,9 million dollar ajratdi

5-iyun kuni, Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi qarshi kurashda koʻrsatayotgan yordamning bir qismi sifatida, AQSH elchixonasi Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga koronavirus testi oʻtkazish uchun zarur vositalarni yetkazib berdi.

“Sogʻliqni saqlash vazirligidagi hamkorlarimiz bilan birga ishlab, biz ushbu xavfli virusni aniqlash ishini yaxshilaymiz, kasallikka chalinganlar sonini kamaytiramiz va Oʻzbekistonda odamlar hayotini saqlab qolamiz”, – dedi elchi Daniyel Rozenblyum.

Bu USAID taqdim etayotgan test vositalarining birinchi toʻplamidir. U 15000 ta test oʻtkazishga yetarli QIAGEN RNA reagentlarini jamlagan 60 ta qutidan iborat. 10000 ta test uchun moʻljallangan yana 40 ta shunday quti bir necha haftadan soʻng Oʻzbekistonga yetib keladi.

“Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi nomidan ushbu yordam uchun Qoʻshma Shtatlarga minnatdorlik bildiramiz. Ushbu reagentlar koronavirusga qarshi kurashimizda asqotadi hamda vatandoshlarimizning sogʻligi va farovonligini yaxshilaydi”, – dedi agentlik direktori Bahodir Yusupaliyev.

USAID Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 3,9 million dollar bermoqda. Bu yordam laboratoriyalarni keng koʻlamli testlar oʻtkazishga tayyorlash, sogʻliqni saqlash muassasalarida infeksiya tarqalishining oldini olish va nazorat qilish, COVID-19 ga oid tezkor choralarni takomillashtirish, kasallik yuqtirganlar holatini boshqarish tizimini kuchaytirish, virus toʻgʻrisidagi dezinformatsiyaga qarshi kurashish hamda jamoalarni hamjihatlikda ishlashga jalb qilishni oʻz ichiga oladi.

COVID-19 tarqala boshlangandan buyon AQSH hukumati pandemiyaga qarshi kurashga qaratilgan xalqaro koʻmak uchun bir milliarddan ortiq mablagʻ ajratdi. Ushbu mablagʻ zamonaviy shamollatish uskunalari bilan taʼminlash, sogʻliqni saqlash boʻyicha bilimlarni oshirish, tibbiyot xodimlarini himoya qilish, laboratoriya tizimini mustahkamlash, kasallik nazorati va tezkor javob qobiliyatini kuchaytirish orqali dunyodagi 120 dan ortiq mamlakatda kishilar hayotini saqlashda ishlatiladi.

UzA