Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

UY-JOYLAR QURISH BOʻYICHA YANGI TIZIMNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI BELGILANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
UY-JOYLAR QURISH BOʻYICHA YANGI TIZIMNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI BELGILANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-noyabr kuni qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Aholini munosib turar joy bilan taʼminlash maqsadida oxirgi uch yilda 104 mingta, jumladan, qishloqlarda 63 mingta va shaharlarda 41 mingta xonadonga moʻljallangan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi.

Shunga qaramay, bu oʻsib borayotgan aholining talabini toʻliq qondirish uchun yetmayapti. Buni joriy yilning 9 oyida Xalq qabulxonalariga uy-joy masalalari bilan bogʻliq 36 mingdan ziyod murojaat boʻlganidan anglash mumkin.

Koʻpchilik uyining sifati talabga javob bermasligidan norozi. Qishloqlarda qurilgan ayrim mavzelar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan. Baʼzi uylar sotilmay qolgan, baʼzilarining esa krediti toʻlanishi muammoli.

Bu kabi kamchiliklarning sababi shundaki, arzon uylarning barqaror moliyaviy manbasi mavjud emas va asosan byudjet mablagʻlariga bogʻlanib qolgan. Tizimda raqobat toʻla shakllanmagan va xususiy sektor ishtiroki yetarli emas.

Xalqaro tashkilotlarning hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekistonda aholi ehtiyojini toʻla qondirish uchun har yili 145 ming xonadondan iborat uylar qurish kerak. Buning uchun yiliga qariyb 30 trillion soʻm mablagʻ zarur boʻladi.

Keyingi yildan boshlab, aholini uy-joy bilan taʼminlash borasida yangi tizim joriy etiladi. Endi uylar davlat tomonidan emas, toʻliq xususiy sektor tomonidan quriladi.

Davlat aholiga ipoteka kreditlarini maqbul sharoitlarda berish orqali uy-joyga talabni qoʻllab-quvvatlaydi. Ipoteka kreditlari berish uchun resurslar miqdori banklar va hududlar boʻyicha cheklanmaydi.

Bu tizim taklif sifatida joylarda muhokama qilinganda, barcha quruvchi-tadbirkorlar uni ijobiy qabul qilgan. Aholining kredit olish imkoniyati kengaytirilsa, narxi hozirgilaridan baland boʻlmagan, lekin sifati yaxshi uylar qura olishini bildirgan.

Shulardan kelib chiqib, endilikda shaharlarda uy-joy qurilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Birinchidan, tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻi va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan poytaxtimiz va shaharlarda yangi tartib asosida 13 ming 750 ta kvartirali turar joylar qurilishini amalga oshiradi. Bunday imorat va majmualar loyihasi ham tadbirkorlar tomonidan mustaqil tayyorlanadi.

Ikkinchidan, uy-joy qurish uchun yer maydonlari auksion orqali ajratiladi. Ularni suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulash, avtomobil yoʻllari qurish tadbirkorlik subyektlari hamda respublika va mahalliy byudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladi.

Uchinchidan, banklar oʻrtasida sogʻlom raqobat boʻlishi uchun Moliya vazirligi endilikda uylarni xarid qilishga ipoteka krediti boʻyicha qariyb 3 trillion soʻmga yaqin davlat resurslarini auksion asosida banklarga ajratadi.

Bundan tashqari, ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tashkil etilib, unga Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari jalb qilinadi, ushbu mablagʻlar ham yangi qurilgan uy-joylarni sotib olishga ipoteka krediti ajratish uchun banklarga qoʻshimcha resurs sifatida joylashtiriladi.

Toʻrtinchidan, aholining kam taʼminlangan qatlamini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutlaqo yangi, eng muhimi, aniq manzilli tizim joriy etiladi. Buning uchun shaharlarda 10 ming 800 ta ehtiyojmand oilaga uyning boshlangʻich badali va kredit foiz xarajatlarini toʻlashi uchun byudjetdan subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiyalar orqali Toshkent shahrida 12 foiz, boshqa hududlarda 10 foizdan yuqori kredit foizlari hamda boshlangʻich badali qoplab beriladi.

Yigʻilishda mutasaddi vazirlik va tashkilotlar rahbarlariga yangi tartibda quriladigan uy-joylar uchun yer maydonlarini tanlab, auksionga chiqarish, kreditning yuqori chegarasini hisoblash uchun uylarning bozor qiymati asosidagi oʻrtacha narxini belgilash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Qishloqlarda ham uy-joy qurilishi tizimini isloh qilish, buyurtmachi funksiyasini “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasidan bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Taʼkidlandagidek, endi qishloqlarda uy-joylar yoʻl boʻylarida bir qator qilib emas, shahar va tuman markazlariga tutash hududlarda mavzelar shaklida quriladi. Buning natijasida kelgusida tumanlarni yirik aglomeratsiyaga aylantirish mumkin. Bu esa infratuzilma xarajatini kamaytiradi, aholining iqtisodiy faolligini oshiradi, yerlardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Videoselektor yigʻilishida bunday mavzelarga yer va kreditlar ajratish, infratuzilma tarmoqlariga ulash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash borasida joylardagi rahbarlarga batafsil tushuntirish berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy sotib olish uchun boshlangʻich badal va ipoteka krediti foizini qisman qoplash masalasida tanish-bilishchilik va boshqa suiisteʼmolchilik holatlariga barham berish kerakligini aytdi. Byudjetdan ajratiladigan subsidiyalar aynan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yetib borishini soʻzsiz taʼminlash lozim.

Subsidiya uchun kelgusi yil byudjetidan 1 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratiladi va umuman olganda 16 mingta oilaning shahar va qishloqlarda uy-joylar sotib olishini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Aholi subsidiya olish uchun talaygina hujjatlar toʻplab, qator idoralarda sarson boʻlib yurish hollariga chek qoʻyiladi. Endi arizalar Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan doimiy komissiyalarda koʻrib chiqiladi va kam taʼminlangan oilalarning manzilli roʻyxati shakllantiriladi.

Ushbu komissiyalar tarkibida bank, moliya, soliq, mehnat, mahalla va boshqa idoralar vakillari boʻladi. Bundan tashqari, komissiya yigʻilishida istagan fuqaro ishtirok etib, oʻz fikrini bildirishi mumkin boʻladi. Qolaversa, subsidiya berish masalasi keng jamoatchilik bilan muhokama qilinishi lozim boʻladi.

Har bir viloyat hokimligi 2020-yilda uy-joy sotib olish uchun kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga navbat bilan subsidiya toʻlash tartibi va mezonlarini ishlab chiqib, oʻz hududlarida ijobiy tajriba joriy etishlari zarurligi taʼkidlandi.

Kelasi yilda “Oʻzshahar qurilish invest” hamda “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyalari amaldagi tizim asosida shaharlarda 4 ming 250 ta va qishloq joylarida 8 mingta uy-joy qurilishini davom ettiradi.

Tayyor uylar uzoq vaqt davomida sotilmay turishi hollarining oldini olish maqsadida shaharlarda qurilishni moliyalashtirish tizimi takomillashtiriladi. Endi turar joylarga talabgorlar roʻyxati shakllantirilib, boshlangʻich badal yigʻilmaguncha qurilishga moliyalashtirish ochilmaydi.

Banklar 2020-yilda amaldagi tizim boʻyicha shaharlarda quriladigan uy-joylarning xaridorini aniqlagan holda, qurilishni mijozga ajratiladigan ipoteka krediti hisobidan moliyalashtirish tizimini joriy etadigan boʻldi.

Uylar narxini tushirish va sifatini oshirish uchun innovatsion qurilish materiallaridan keng foydalanish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Hokimliklarga shahar va qishloqlarda uy-joylar uchun yer ajratish, pudratchilarni aniqlash ishlarini yakunlab, qurilishni 2020-yil 1-martga qadar boshlanishini taʼminlash yuklatildi.

– Uy-joy siyosatida yangi tizimga oʻtayapmiz. Bu jarayonda har bir hudud rahbari zimmasiga masʼuliyat va javobgarlikni olib, yangi tizim boʻyicha turar joy qurishda oʻz tajribasini yaratishi shart. Endi hokimlardan qurilgan uylar soni emas, qurilishga nechta salohiyatli tadbirkorlar jalb qilingani, ularga qancha yer ajratilgani, infratuzilma tarmoqlari yaratilgani, uylar sifati va nechta odamni rozi qilgani soʻraladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Uy-joylarni qurish va realizatsiya qilish boʻyicha respublika komissiyasi joylarga chiqqan holda, qurilish ishlarini nazoratga olishi zarurligi taʼkidlandi.

Hokimlar eski bino va inshootlarni buzish hisobiga boʻshagan joylarda uy qurish masalasiga alohida eʼtibor berishi shartligi, kompensatsiya pullari toʻlanib, mulk egalari rozi boʻlmaguncha birorta koʻchmas mulk buzilishi mumkin emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Davlat idoralari rahbarlari nafaqat oʻzining, balki davlatning ham shaʼnini saqlashga masʼul ekani, xalq bilan, ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda kibrga berilmay, vazmin va oqilona, qonunga asoslangan qaror qabul qilishi shartligi taʼkidlandi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

WWW.UZA.UZ