Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

VATANPARVAR, OʻZLIGINI ANGLAGAN AVLODNI KAMOL TOPTIRISH MAʼNAVIY-MAʼRIFIY ISLOHOTLARIMIZNING BOSH MAQSADIDIR

2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2020 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni Qonunchilik saylovi 2019 yil Qonunchilik saylovi 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Uchrashuvlar Uchrashuvlar Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Sayyohlik Sayyohlik O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
VATANPARVAR, OʻZLIGINI ANGLAGAN AVLODNI KAMOL TOPTIRISH MAʼNAVIY-MAʼRIFIY ISLOHOTLARIMIZNING BOSH MAQSADIDIR

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Toshkent shahri va viloyatida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keyingi yillarda poytaxtimizning Eski shahar qismida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, koʻp qavatli uylar va boshqa ijtimoiy obyektlar barpo etilayotgani Eski shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshib, uni poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylantirmoqda.

Oʻzbek romanchiligining asoschisi, vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom koʻrsatish, milliy adabiyotimiz rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini ulugʻlash maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi oldida ijod maktabi va muzey bunyod etildi. Boqqa kiraverishda buyuk yozuvchi haykali oʻrnatildi. Bu Eski shaharni mazmunan boyitdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi yil arafasida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib koʻrdi.

Davlatimiz rahbari dastlab ulugʻ adib haykalining ochilish marosimida ishtirok etib, uning poyiga gul qoʻydi.

Bugun Oʻzbekiston “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor gʻoya asosida taraqqiyotining yangi bosqichiga oʻtmoqda. Jamiyatimizning maʼnaviy poydevorlaridan boʻlgan oʻzbek tilining oʻrni va nufuzini oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulugʻlash, uning boy xazinasini yosh avlodga yetkazish maqsadida atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablari tashkil etilmoqda. Muhammad Rizo Ogahiy, Isʼhoqxon Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablari shular jumlasidandir.

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, oʻqitish va tarbiyalash ishlarini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida davlatimiz rahbarining joriy yil 9-sentyabrdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻzbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur oʻrganishga ixtisoslashgan.

Mazkur taʼlim maskani Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi farmoyishi bilan tashkil etilgan. 2019-2020 oʻquv yilida uning 5, 6, 7 va 8-sinflariga ijodiy imtihonlar va test sinovlari asosida 121 nafar oʻquvchi saralab olindi. 5-sinf oʻquvchisi, “Yosh kitobxon” respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi Zilola Shomurodova ham ijod maktabiga qabul qilindi.

Ikki qavatli maktabda oʻgʻil-qizlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun hamma sharoit yaratilgan. Xonalar keng, yorugʻ, shinam va qulay. Fan kabinetlari zamonaviy texnologiyalar va oʻquv anjomlari bilan taʼminlangan. Kutubxona adabiy asarlar, badiiy adabiyotlarga boy. Ochiq va yopiq sport zallarida oʻgʻil-qizlar sport toʻgaraklariga qatnashishi, salomatligini mustahkamlashi uchun qulayliklar mavjud.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.

– Abdulla Qodiriy ijod maktabida oʻqiyotgan bu bolalar yangi Oʻzbekiston kelajagining bunyodkorlaridir. Barcha umumtaʼlim maktablari ushbu oʻquv dargohidan maʼnaviyatni, maʼrifatni oʻrganishi lozim. Chunki bu yerda tahsil olayotgan bolalar nafaqat maʼnaviyatli, balki oʻz Vatanini yurakdan sevadigan isteʼdod egalari. Biz ijod maktablarida vatanparvar yoshlarni tarbiyalashni maqsad qilganmiz, – dedi Prezidentimiz.

Ijod maktabida “Qodiriy izdoshlari”, “Yosh qalamkashlar”, “Yosh jurnalistlar” kabi toʻgaraklar, “Ifodali oʻqish”, “Notiqlik sanʼati” boʻyicha qoʻshimcha darslar tashkil etilgan. Taniqli yozuvchi, shoir va olimlar ishtirokida mahorat darslari, Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbirlar tez-tez oʻtkazilib turadi.

Davlatimiz rahbari oliy oʻquv yurtlarining olimlari bu yerda dars oʻtishi, taniqli yozuvchi va shoirlar mahorat saboqlarini yoʻlga qoʻyishi, darslar zamonaviy metodika asosida olib borilishi zarurligini taʼkidladi. Isteʼdodli bolalar faqat oʻquv jarayoni bilan cheklanmay, universitetlarda amaliy mashgʻulotlar oʻtashi kerakligini qayd etdi. Oʻgʻil-qizlarga mamlakatimiz tarixini mukammal oʻrgatish maqsadida ijod kunlari yurtimizning diqqatga sazovor shaharlariga sayohatlarini tashkil etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

– Bu maktabda millatparvar, oʻzligini anglagan avlod kamol topishiga ishonaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Maʼlumki, bu yil Abdulla Qodiriy tavalludining 125-yilligi keng nishonlandi. Bunday tadbirlar adib nomi qoʻyilgan ijod maktabida oʻzgacha shukuh bilan oʻtdi.

Faqatgina bu emas. Qodiriy yashab, ijod qilgan uy muzeyga aylantirildi. Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻiga kiraverishda adib muzeyi barpo etildi. Mazkur binoga “Turon” kutubxonasi ham joylashtirildi. Bu nafaqat adibning vorislari, balki adabiyot, maʼnaviyat va maʼrifat ahlini, butun xalqimizni cheksiz quvontirdi.

Prezidentimiz muzey va kutubxonadagi sharoitlarni ham koʻzdan kechirdi.

Muzeyga kiraverishda Abdulla Qodiriyning hikmatli soʻzlari bitilgan. Chap tomonda yozuvchining hayot va ijod yillari xronologiyasi, qatagʻon yillari eksponatlari, mustaqillik yillarida Abdulla Qodiriyga koʻrsatilgan ehtirom aks etgan ekspozitsiyalar joylashgan. Tomoshabinlar zaldagi ulkan monitorda adib asarlari asosida suratga olingan “Oʻtkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” filmlarini, boshqa kartinalarni koʻrishi mumkin.

“Turon” kutubxonasi oʻtgan asr boshlarida jadid maʼrifatparvarlari tomonidan tashkil etilgan boʻlib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kutubxona yana Eski shaharga koʻchirib kelindi. Kutubxonada kitobxonlar uchun hamma imkoniyatlar yaratilgan, oʻquv zallari zamonaviy kompyuterlar, “Wi-Fi”, nusxa koʻchirish uskunalari bilan taʼminlangan. Bu yerda imkoniyati cheklangan shaxslar ham foydalanishi uchun maxsus zal mavjud, brayl alifbosidagi adabiyotlar qoʻyilgan.

Davlatimiz rahbari qariyb 400 ming kitob fondiga ega kutubxona adabiyotlaridan yurtdoshlarimizni keng bahramand etish, buning uchun poytaxtimizdagi mahallalar, maktablardan aholi va yoshlarning ekskursiyalarini tashkil etish, bir soʻz bilan aytganda, bu yerda hayot qaynashi zarurligini taʼkidladi.

– “Turon” kutubxonasi koʻchirilib, bevatan qilib qoʻyilgan edi. Bugun kutubxona yana Eski shaharga qaytarilgani jadid bobolarimiz ruhlarini shod etdi. Fitrat, Choʻlpon, Qodiriy, Munavvar qori kabi bobolarimiz bir paytlar imorat qurmagan, boylik orttirmagan, ne-ne mashaqqat bilan topgan mablagʻiga kutubxona qurdirgan. Ular mana shu kutubxonani oʻzlaridan haykal qilib ketgan, desak bu ham adolatdan boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar bilan suhbatda davlatimiz rahbari Eski shaharda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, adib muzeyi va kutubxona qurilgani ushbu goʻshaga yana baraka qaytayotganidan dalolat ekanini qayd etdi.

– Yakunlanib borayotgan bu yilimiz ham yurtimiz, xalqimiz uchun salmoqli yutuqlarga boy boʻlib tarixda qoladi. Katta-katta savob ishlar qilayapmiz, Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar barpo etishga kirishdik. Bu bilan mamlakatimizda uchinchi renessans davriga poydevor qoʻydik. Sizlar bilan bugungi uchrashuvimizdan maqsad adabiyotga, maʼnaviyatga eʼtibor berish uchun yana nimalar qilishimiz kerak – shularni fikrlashib olmoqchiman. Bitta narsani bilinglar, adabiyotsiz iqtisodiyot ham, maʼnaviyat ham boʻlmaydi. Har qancha boylik kitobsiz, bilimsiz, maʼnaviyatsiz uzoq yashamaydi. Ijod maktablarida oʻqigan bolalar ertaga Vatanga, oilaga xiyonat qilmaydi. Shu jihatdan mazkur oʻquv dargohlari millatimiz adabiyotini, maʼnaviyatini ulugʻlaydigan vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda tayanch boʻladi, – dedi Prezidentimiz.

Uchrashuvda Oʻzbekiston yangi taraqqiyot davriga qadam qoʻygani, yurtimiz oʻz yoʻlini toʻgʻri tanlab olgani va bu yoʻldan aslo qaytmasligi, soʻnggi uch yilda adabiyotga, maʼnaviyatga eʼtiborning kuchaygani xalqimizni ruhlantirgani alohida taʼkidlandi. Yozuvchi-shoirlar mamlakatimizdagi oʻzgarishlarga yoshlarimizni ergashtirishda oʻzlarining ijodi bilan davlatimizga kuch-qanot boʻlishi zarurligi qayd etildi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, xalq shoiri Mahmud Toir, adabiyotshunos olimlar Naim Karimov, Ibrohim Gʻafurov, adibning nabirasi Xondamir Qodiriy va boshqalar Abdulla Qodiriy qatagʻon yillarida juda katta jasorat koʻrsatib, xalqimizga bebaho meros qoldirgani, ammo shu kungacha uning boy merosi va xotirasiga yetarli ehtirom koʻrsatilmaganini soʻzladilar. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Abdulla Qodiriy ijod maktabi va muzeyidan iborat yaxlit majmua foydalanishga topshirilgani mamlakatimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayotida ulkan voqea, yoshlarimiz, butun xalqimizga munosib tuhfa boʻlganini qayd etib, buning uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Shu kuni Oʻzbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismda boʻldi.

Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqqa muvofiq, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda harbiy qism qayta tashkil etilib, zamonaviy harbiy shaharchada joylashtirilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev bu yerda yaratilgan sharoitlar, oʻquv-tarbiya jarayoni, zamonaviy oʻqitish vositalari, shuningdek, oʻquv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qay darajada joriy etilgani bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etilgan.

Mazkur harbiy institutda oltita yoʻnalish boʻyicha ofitser kadrlar tayyorlanadi. Oʻnta kafedra va malaka oshirish fakulteti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Mavjud laboratoriyalar eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. 700 oʻrinli oshxona, sportning 14 turi bilan shugʻullanish imkoniyati boʻlgan yopiq sport zali bor. Bu yerga kursantlar texnik yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlarining eng iqtidorli talabalari orasidan saralab olinadi.

Tashrif chogʻida harbiy xizmatchilar, vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi rahbariyati, texnika yoʻnalishidagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan suhbat boʻlib oʻtdi. Unda harbiy taʼlimni rivojlantirish, harbiy aloqa mutaxassislarini saralash va tayyorlash boʻyicha keng tizimni yoʻlga qoʻyish borasida oʻzaro hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan navbatdagi choralar belgilab olindi.

Bugungi axborot asrida tezkor xabar almashuv, ayniqsa, harbiylar uchun gʻoyat muhim ahamiyatga egaligi, bu tizimni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash, aloqa xavfsizligini chuqur egallagan mutaxassislar tayyorlash ishlarini doimiy shakllantirib borish zarurligi taʼkidlandi.

– Bugun aloqa sohasini rivojlantirish boʻyicha bir yil oldin boshlagan ishlarimizning ilk natijalarini koʻrib turibmiz, – dedi davlatimiz rahbari. – Aloqa boʻyicha birinchi institutimiz tashkil etildi. U harbiy qism bilan bir joyda joylashgani kursantlarning nazariy mashgʻulotlarni amaliyot bilan uygʻun oʻtkazishida qoʻl keladi. Endi eʼtiborni sifatga qaratishimiz lozim.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbariga harbiy qismda amalga oshirilgan qurilish ishlari, mudofaa tizimida aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, jangovar va oʻquv tayyorgarlik jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Davlatimiz rahbari turli nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan harbiy sportchilar bilan ham muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev harbiy qism ixtiyoridagi maxsus texnika va aloqa vositalarining namunalari bilan tanishdi.

WWW.UZA.UZ