Venada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida qator siyosiy-diplomatik tadbirlar bo‘lib o‘tadi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 2-4 dekabr kunlari tashrif bilan Avstriyada bo‘ladi. Safar doirasida Vena shahrida ikki tomonlama hamkorlikka doir qator siyosiy-diplomatik tadbirlar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi safarda Avstriya Federal Kengashi Prezidenti Karl Bader, Milliy Kengashning Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Raynxard Lopatka, Federal vazirlikning Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar bo‘yicha bosh kotibi Yoxannes Peterlik bilan uchrashadi. YeXHT Bosh kotibi Tomas Greminger, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Vena vakolatxonasi rahbari va BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi Ijrochi direktori Yuriy Fedotov bilan muzokaralar olib boradi.
Vena shahrida 2 dekabr kuni O‘zbekiston – Avstriya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tadi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Shu kuni tashrif dasturiga muvofiq, Vena diplomatiya akademiyasida “Davlat va jamiyatni demokratlashtirish: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro davra suhbati ham bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda mamlakatimiz delegatsiyasi qatorida Avstriya tahlil markazlari rahbarlari, YeXHTga a’zo davlatlar elchilari, ekspertlar hamjamiyati vakillari, jurnalistlar ishtirok etadi.
O’zA