“WORLEY” XALQARO INJINIRING KOMPANIYASI OʻZBEKISTON BILAN HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLAMOQCHI

Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida “Worley” (Buyuk Britaniya) xalqaro injiniring kompaniyasi vakillari bilan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qildi.
Unda delegatsiya tarkibida Energetika va kimyo tarmoqlari prezidenti Vinayak Pay va Atom energetikasi prezidenti Aleksandr Superfin ishtirok etdi. Uchrashuvda “Worley” tizimidagi soʻnggi moliyaviy va tashkiliy oʻzgarishlar hamda shu imkoniyatlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish boʻyicha soʻz yuritildi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizning yoqilgʻi-energetika majmui (YOEM) neft-gaz sohasida “Worley” kompaniyasi bilan koʻp yillardan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda va bunga “WorleyParsons Uzbekistan Engineering” QK MCHJni misol sifatida keltirish mumkin.
Uchrashuvda ushbu kompaniya vakillariga mamlakatimiz yoqilgʻi-energetika majmui, shu jumladan, elektr energetikasi va neft-gaz sohasida oʻtkazilayotgan keng koʻlamli islohotlar xususida maʼlumotlar berildi.
Tomonlar oʻrtasidagi muloqotda atom energetikasi sohasida hamkorlik oʻrnatish istiqbollari ham muhokama etildi va ayni paytda qoʻshma korxona shaklidagi Oʻzbekiston atom injiniring markazini tashkil etish boʻyicha muzokaralar yakunlanayotgani maʼlum qilindi.
Yakunda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab olish maqsadida neft-gaz, elektr energiyasi va kimyo sanoati mutaxassislarini jalb etgan holda treninglar oʻtkazishga kelishib olindi.
OʻzA.m“Worley” xalqaro injiniring kompaniyasi Oʻzbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlamoqchi

UZA.UZ