XALQ ISHONCHINI HAR BIRIMIZ O‘Z JOYIMIZDA AMALIY ISHLAR BILAN OQLASHIMIZ KERAK – PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOEV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

TOSHKENT, 20 yanvar. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoev saylovchi va deputatning o‘zaro munosabatlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, internet tarmog‘i orqali parlament va deputat so‘rovini shakllantirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish darkorligini ta’kidladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
– Xalq bilan muloqot tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, deputatlarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalarni ishga tushirish lozim. Toki ana shu tizim orqali saylovchi deputatning kundalik ishini kuzatib borish, qonun loyihalarini muhokama qilish va ular bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘lsin. Ya’ni, deputat faoliyatiga uning saylovchilari bevosita baho bersin. Ana shundagina fuqaro va parlament o‘rtasida xalqimiz bizdan kutayotgan haqiqiy ko‘prik paydo bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari.
“Mening fikrim” veb-portali ishini takomillashtirish, unga tushayotgan murojaatlarni televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida deputatlar, mutaxassislar, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi, deb xabar qilmoqda Prezident Matbuot xizmati.
Prezidentimiz o‘z nutqining yakunida xalq ishonchi haqida gapirdi.
– Ana shunday ishonch, hurmat va e’tiborga munosib bo‘lish – bu juda katta baxt. Bag‘rikeng, mehnatkash va olijanob xalqimizning ana shu ishonchini har birimiz o‘z joyimizda amaliy ishlar bilan oqlashimiz kerak. Bu bizning nafaqat fuqarolik, balki eng avvalo, ona Vatanimiz oldidagi farzandlik burchimizdir, – dedi Shavkat Mirziyoev.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisida kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha palataning tegishli qarorlari qabul qilindi.