Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH UCHUN QULAY MAYDON

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH UCHUN QULAY MAYDON

“O‘zekspomarkaz”da “O‘zbekiston neft va gazi – OGU-2015” XIX xalqaro ko‘rgazmasi va “Energetika – Power Uzbekistan – 2015” X xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmalar “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi, “ITE Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi tomonidan “ITE” kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirlarning ochilish marosimida “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Sh.Fayzullayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, jumladan, yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samara berayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2015 yil 4 martdagi “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi farmoni iqtisodiy taraqqiyot, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish va jalb qilinayotgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha uzoqni ko‘zlab qabul qilingan strategiyani amalga oshirish borasida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ushbu dasturda neft-gaz va energetika kompleksiga alohida e’tibor qaratilgan. Chunonchi neft-gaz va neft-kimyo sanoatida tabiiy gaz va gaz kondensatini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning turini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Dasturda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 7 milliard AQSh dollaridan ziyod 39 investitsiya loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgan. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi quvvatlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho‘ba korxonasida gaz-kimyo majmuasini barpo etish, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi xomashyo bazasida uglevodorodlar pirolizi ishlab chiqaradigan yangi zavodni qurish, O‘zbekiston – Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘ini barpo etish, “O‘zbekkimyomash” zavodining yirik va og‘ir neft-gaz-kimyo uskunalarini ishlab chiqaradigan quvvatlarini kengaytirish (2-bosqich), plastik mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalar xarid qilish kabi yirik loyihalar shular jumlasidandir.

An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU – 2015” va “Energetika – Power Uzbekistan – 2015” xalqaro ko‘rgazmalari mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika kompleksida yangi loyihalarni amalga oshirish hamda sohaga chet el investitsiyalarini jalb etishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilda “O‘zbekiston neft va gazi – OGU” xalqaro ko‘rgazmasi ishtirokchilari soni kengaydi. Ko‘rgazmada Xitoy, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Polsha, Niderlandiya, Italiya, Chexiya, Sloveniya, Ukraina, Janubiy Afrika Respublikasi, Turkiya kabi davlatlardan 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi jahon uglevodorodlar bozorida egallab turgan mavqeini yil sayin mustahkamlab borayotir. Ayni paytda import o‘rnini bosadigan va eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Nufuzli xalqaro kompaniyalar va sohaning yetakchi ekspertlari “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazish va tajriba almashish maqsadida yurtimizga tashrif buyurmoqda. Bu yirik va istiqbolli loyihalarning hayotga muntazam tatbiq etilayotgani, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy va yuqori texnologiyali yondashuvlarning joriy qilinayotgani samarasidir.

Joriy yilda ko‘rgazmaga o‘ttizga yaqin kompaniya va qo‘shma korxona taklif etildi. Ular xorijlik hamkasblariga o‘z ishlanma va innovatsiyalarini namoyish etmoqda.

Mamlakatimiz kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan uglevodorodlarni qidirish va qazib olish, burg‘ulash, tog‘-kon sanoati, isitish, payvandlash asbob-uskunalari, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun qurilmalar, sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha yechimlar chet ellik ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalar nazorat-o‘lchov, burg‘ulash, neft va gaz asbob-uskunalari, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun zamonaviy texnologiyalar va ko‘plab boshqa qurilmalarni taqdim etmoqda. Ular orasida Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

– O‘zbekiston neft-gaz sanoati ulkan salohiyatga ega va yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda, – deydi “BGP Inc. CNPC” kompaniyasi bosh geofizigi Sun Veypin (Xitoy). – Ayni paytda kompaniyamiz O‘zbekistondagi qator yirik loyihalarda ishtirok etmoqda. O‘zbekistonlik sheriklar bilan samarali hamkorligimiz bundan buyon ham yanada rivojlanishiga ishonamiz.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Chexiya va Janubiy Afrika Respublikasidan tashrif buyurgan ishtirokchilar stendlarida transport-ekspeditorlik xizmatlari, boshqaruv tizimlari, neft-gaz tarmog‘i uchun texnologik qurilmalar va boshqa uskunalar taqdimotlari o‘tkazilayotir.

– Kompaniyamiz geofizik qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun keng turdagi dasturiy ta’minot mahsulotlari va asbob-uskunalarini taqdim etmoqda, – dedi “CGG” kompaniyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Turkiyadagi savdo bo‘yicha direktori Abdulqodir Jeddu (Fransiya). – “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatganmiz. Buning samarasida Fransiya va O‘zbekistonda o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda, muntazam o‘zaro tajriba almashilmoqda.
– Ushbu ko‘rgazmada birinchi marta ishtirok etmoqdamiz va O‘zbekiston kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish niyatidamiz, – dedi “Eusebi Impianti” kompaniyasi menejeri Rodolfo Bollati (Italiya). – O‘zbekiston neft-gaz sanoati ulkan salohiyatga ega va shu bois mamlakatingiz bozori xorijiy kompaniyalarni o‘ziga jalb etmoqda. Ushbu ko‘rgazmada uglevodorodlar qazib olish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yirik korxona va kompaniyalarning ishtirok etayotgani ham buning yorqin tasdig‘idir.

Qator mamlakatlar yoqilg‘i-energetika komplekslari rahbarlari, olim va mutaxassislar, ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etayotgan “OGU – 2015” ko‘rgazmasi tajriba va fikr almashish, o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish, mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, hamkorlikda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, shartnomalar tuzish imkonini bermoqda.

Ko‘rgazma doirasida xalqaro konferensiya ham bo‘lib o‘tadi. Unda sohaga oid jahon miqyosidagi yangi tendensiyalar, mamlakatimiz neft-gaz sanoatini rivojlantirish masalalari, xalqaro hamkorlikning muvaffaqiyatli tajribasi va yangi imkoniyatlari, yurtimiz neft-gaz sanoatidagi loyihalarni moliyalashtirish va boshqa dolzarb mavzular muhokama etiladi. Ushbu tadbirning jahon uglevodorodlar bozoridagi ahamiyati va yuqori samaradorligi inobatga olingan holda unga “Global Oil&Gas Uzbekistan” deb nom berildi. Bu esa, o‘z navbatida, konferensiya yuksak xalqaro maqomga ega bo‘layotgani va uning ishtirokchilari soni kengayib borayotganidan dalolat beradi.
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU – 2015” xalqaro ko‘rgazmasi bilan bir maydonda energetika, energiyani tejash, muqobil energiya manbalari sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar namoyish etilayotgan “Energetika – Power Uzbekistan – 2015” xalqaro ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz energetika tizimlarini modernizatsiya qilish borasidagi loyihalarni amalga oshirish davom ettirilayotgani, chet el investitsiyalari keng jalb etilayotgani ushbu tadbirning dolzarbligini tasdiqlaydi. O‘tgan o‘n yil mobaynida Markaziy Osiyo mintaqasida energetika tarmog‘ining ushbu nufuzli ko‘rgazmasi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qulay maydonga aylandi. Bu yerda mutaxassislar mamlakatimiz va dunyoda energetika tarmog‘ini rivojlantirishga oid so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishishi, tajriba almashishi, shuningdek, uchrashuv va muzokaralar davomida yangi aloqalar o‘rnatishi mumkin.

Joriy yilda ko‘rgazmada Xitoy, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Hindiston, Shvetsiya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan 40 dan ortiq kompaniya ishtirok etayotir.

– Kompaniyamiz yetti yildan buyon o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik qilib kelmoqda, – dedi “Ekol” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha tijorat direktori Milan Tomesh (Chexiya). – O‘tgan davrda O‘zbekiston energetika tarmog‘ining yuqori sur’atlarda rivojlanayotganiga ishonch hosil qildik. O‘zbekiston elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, mamlakat energetika salohiyatini oshirishga yo‘naltirilayotgan chet el investitsiyalarini samarali o‘zlashtirmoqda.

– O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan ishlanma va texnologiyalar menda katta taassurot uyg‘otdi, – dedi “Iran Warom Group” texnik eksperti Mitra Aghoiy Mukarram (Eron). – Ayniqsa, muqobil, ya’ni shamol va quyosh energetikasini rivojlantirish borasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ko‘rgazmada ilk bor qatnashayotgan kompaniyamiz energetika kompleksi uchun keng turdagi asbob-uskunalarni taqdim etmoqda. Ushbu sohada mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz.

Xalqaro ko‘rgazma doirasida “Energetika – 2015: innovatsiyalar, yechimlar, istiqbollar” mavzusida turkum seminarlar o‘tkaziladi. Ularda energiyadan foydalanish usullarini takomillashtirish, mavjud stansiyalarni modernizatsiya qilish va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tadi. “O‘zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish” mavzusida o‘tkaziladigan taqdimot xorijiy ishtirokchilarni ushbu istiqbolli tarmoqda mamlakatimizning tajribasi bilan tanishtirish imkonini beradi.

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU – 2015” va “Energetika – Power Uzbekistan – 2015” xalqaro ko‘rgazmalari mamlakatimiz neft-gaz va energetika salohiyatini namoyish etish uchun qulay maydon, shuningdek, eng zamonaviy ishlanma va texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi investitsiyalarni jalb etish uchun samarali vositadir.

Ko‘rgazmalarning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.Ibragimov so‘zga chiqdi.

"Jahon" AA