Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XALQARO KUZATUVCHILAR MISSIYALARI O‘Z XULOSALARINI BAYON QILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XALQARO KUZATUVCHILAR MISSIYALARI O‘Z XULOSALARINI BAYON QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib borgan xalqaro tashkilotlar missiyalarining yakuniy matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi matbuot anjumanida missiya rahbari, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov missiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalariga bag‘ishlangan bayonotini o‘qib eshittirdi.

R.Alimov tashkilot kuzatuvchilari saylov kampaniyasining borishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi bilan tanishganini ta’kidladi. Missiyaga Prezidentlikka nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari haqida to‘liq axborot taqdim etildi.

Missiya bayonotida Prezidentlikka nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng imkoniyatlar berilgani, saylovoldi tashviqotini olib borishda qonunni buzish holatlari aniqlanmagani qayd etilgan.

Ovoz berish jarayoni va saylov yakunlarini sarhisob qilishni xolis baholash maqsadida missiya uchastka saylov komissiyalarining faoliyati bilan ham tanishdi. O‘z faoliyati davomida missiya 13 saylov okrugida 235 saylov uchastkasida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, turli darajadagi saylov komissiyalari a’zolari, saylovchilar, mahalliy kuzatuvchilar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, xorijiy davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari missiyalari a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

ShHT kuzatuvchilari missiyasi bayonotida saylov qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish borasida amalga oshirilgan so‘nggi yillardagi islohotlar yuqori baholandi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan materiallarning o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, rus, tojik tillarida tarqatilgani, ommaviy axborot vositalari orqali 15 tilda chop etilganiga e’tibor qaratildi.

Missiya ovoz berish kuni yoshlarning yuqori faolligini, shuningdek, saylovda birinchi marta ishtirok etayotgan yosh avlod vakillariga uchastka saylov komissiyalari tomonidan alohida e’tibor ko‘rsatilganini qayd etadi.

Missiya kuzatuv yakunlari bo‘yicha Prezident saylovi O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi, Markaziy saylov komissiyasining me’yoriy-huquqiy hujjatlari va O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga to‘la muvofiq holda, ochiq hamda demokratik vaziyatda o‘tgani ta’kidlandi.

Milliy saylov qonunchiligi me’yorlariga zid keladigan qonunbuzilish holatlari missiya tomonidan qayd etilmadi.

* * *
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kuzatuvchilari missiyasining matbuot anjumanini MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshqardi.

S.Lebedev O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligiga keyingi yillarda kiritilgan o‘zgartishlar uni yanada takomillashtirganini ta’kidladi.

– Biz saylov jarayonini erkin kuzatishimiz uchun barcha sharoit yaratib berildi, – dedi Sergey Lebedev. – Saylov komissiyalari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan uchrashdik, fuqarolar, siyosiy partiyalar kuzatuvchilari bilan suhbatlashdik. O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib, joylarda saylovga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdik, ovoz berish jarayonini kuzatdik. Saylov yuksak saviyada tashkil etilganiga guvoh bo‘ldik. Siyosiy partiyalar kuzatuvchilari va xalqaro ekspertlar bilan fikr almashib, saylov ochiq va oshkora o‘tgani haqida yakdil xulosaga keldik.

Missiya vakillarining ta’kidlashicha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qisqa muddatda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilgan. Bunda milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash yanada takomillashgani alohida qayd etildi. Okrug saylov komissiyalari matbuot markazlari, mamlakat saylov amaliyotida birinchi marta “Press klub: Saylov.uz – 2016” press-klubi faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani, MDH kuzatuvchilari fikricha, boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

MDH kuzatuvchilarida yoshi ulug‘ kishilar bilan bir qatorda yoshlar ham saylovda birday faollik ko‘rsatgani katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, ilk bor ovoz bergan 550 mingdan ziyod yigit-qizning saylovchilar ro‘yxatida alohida qayd etilgani diqqatga sazovor. Saylov uchastkalariga kela olmaganlarning ovoz berishi va muddatidan oldin ovoz berish uchun yaratilgan sharoitlar yuksak darajada tashkil etildi.

* * *
Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kuzatuvchilari missiyasining matbuot anjumanini missiya rahbari, assotsiatsiya Bosh kotibi Kim Yon Xi boshqardi.

4-dekabr – saylov kuni missiya vakillari Toshkent va Buxoro shaharlaridagi saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish hamda ularni sanab chiqish jarayonini kuzatgani ta’kidlandi. Missiya rahbarining fikricha, saylov yuksak tashkiliy darajada o‘tdi, saylovchilar ovoz berishda faol ishtirok etdi, ovozlarni sanab chiqish jarayoni ochiq va oshkora amalga oshirildi.

– Kuzatuv davomida saylov qonunchiligi buzilganiga guvoh bo‘lmadik, – dedi Kim Yon Xi. – Saylov uchastkalarida ovoz berish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, komissiya a’zolari yuqori tayyorgarlikka ega. Yuqori elektoral faollik aholining mamlakat kelajagi uchun o‘z saylov huquqini amalga oshirishdan manfaatdorligidan dalolat beradi. Bu Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasining barcha bosqichlari yuqori darajada tashkil etilganini ko‘rsatadi.

* * *
Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi bayonotini e’lon qildi.

Missiya rahbari, elchi Yoxan Peter Traugott Teyler O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan samarali saylovoldi ishlari tashkil etilgani, mazkur tadbirlar qonunda ko‘zda tutilgan muddatlarda bajarilganini qayd etdi. To‘rt siyosiy partiyadan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari saylovchilar umumiy sonining besh foizidan bir foiziga qisqartirilgani, saylov komissiyalarining oshkoralik va xolislikni ta’minlash borasidagi ishlari ijobiy baholandi.

– YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekiston bilan bundan keyin ham hamkorlikni davom ettirishga tayyor, – dedi P.Teyler.

EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun taklif etilgani mamlakatimiz erkin, ochiq va adolatli saylov o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi va umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlariga qat’iy rioya qilganining yorqin dalilidir.

O’zA