XALQARO MEHNAT TASHKILOTI KONVENSIYALARINI RATIFIKATSIYA QILISH ISTIQBOLLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi, Mehnat vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi xamkorligida Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarini ratifikatsiya qilish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Yo.Umarov va boshqalar mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ulkan natijalar berayotganini ta’kidladi.
Mehnat munosabatlarini tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro shartnomalar xamda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari muhim ahamiyatga ega.
Xalqaro mehnat tashkilotiga jahonning 187 mamlakati a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston 1992-yildan ushbu tashkilotning teng huquqli a’zosi hisoblanadi.
Davra suhbatida Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatni muhofaza qilish, xodimlarning ijtimoiy himoyasi va jamoa muzokaralariga doir standartlarining mamlakatimizda implementatsiya qilinishi holatini baholash, xususan, kelajakda bir nechta konvensiyalarni ratifikatsiya qilish imkoniyatlarini o‘rganish hamda tegishli tavsiya hamda takliflar ishlab chiqish masalalari muhokoma etildi.
– O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining 14 konvensiyasi, jumladan, 8 asosiy konvensiyasi ratifikatsiya qilingan, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Sherzod Qulmatov. – Mazkur konvensiyalarning ratifikatsiya qilinishi mehnat sohasidagi qonun ustuvorligini ta’minlash hamda uning ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, fuqarolarning mehnat va bandlik sohasidagi huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Tadbirda Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi milliy qonunchiligimizni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni davom ettirish, ratifikatsiya qilingan konvensiyalarning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishiga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
O’zA