Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Xitoy bozorida O‘zbekiston noz-ne’matlarining turlari ko‘paymoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Xitoy bozorida O‘zbekiston noz-ne'matlarining turlari ko‘paymoqda

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi quyoshli o‘lkamiz zaminida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksport qilish qamrovini yanada kengaytirish yuzasidan faol ish olib bormoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy davlat rahbarlarining kelishuviga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 27-28 avgust kunlari Xitoyga buyurgan tashrifi doirasida qator ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Ular orasida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Bosh Bojxona boshqarmasi o‘rtasida imzolangan "O‘zbekistondan Xitoyga qovun eksport qilish bo‘yicha fitosanitar talablar to‘g‘risida bayonnoma" hamda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va XXR Bosh Bojxona boshqarmasi o‘rtasida imzolangan "O‘zbekistondan Xitoyga asal eksport qilishda oziq-ovqat xavfsizligi va veterenariya talablari to‘g‘risida bayonnoma" ham mavjud.

Mazkur hujjatlar huquqiy zamin sifatida mamlakatimiz tadbirkorlari va fermerlari uchun ular yetishtirgan mahsulotlarni Xitoy bozoriga eksport qilish hajmlarini yanada oshirish imkoniyatini beradi.

O‘zbekistondan Xitoyga qovun eksport qilish bo‘yicha imzolangan hujjatga muvofiq, yurtimizdan eksport qilinadigan qovunlar mamlakatimizning to‘rtta hududi – Xorazm, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida yetishtirilgan bo‘lmog‘i lozim. Shu bilan birga, mahsulot yetishtiriladigan dalalar, qadoqlash sexlari ikki mamlakat karantin xizmatlarining birgalikda tuzilgan ro‘yxatidan o‘tkazilishi hamda tasdiqlanishi, mahsulotni yuklash va tashish “O‘zdavkarantin” inspeksiyasining hududlardagi inspektorlari nazoratida amalga oshirilishi singari qator talablar ham ushbu hujjatda o‘z ifodasini topgan.

Mamlakatimizdan Xitoyga asal eksport qilish to‘g‘risidagi hujjatdagi asosiy talablardan biri esa olti oy davomida asalarilarning 5 kilometr radiusda joylashgan asalari oilalari orasida Amerika chirish va Yevropa chirish kasalliklari rasman ro‘yxatga olinmagan bo‘lishi lozimligidir. Bundan tashqari, Xitoyga eksport qilinadigan asal ikki mamlakatning tegishli sanitariya talablariga javob berishi, mahsulot eksporti bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqarish korxonalari esa Xitoy tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi ham lozim.

Ma’lumki, jahonning har bir mamlakatida karantin ostidagi mahsulotga, uni olib kirish-olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va yo‘q qilishga doir talablarni belgilaydigan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan fitosanitariya talablari mavjud bo‘lib, ularga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Xitoyda ham mamlakatga xorijiy ellardan keltiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun jiddiy karantin nazorati o‘rgatilgan. Ularning tekshiruvdan o‘tkazilishida mamlakat hukumati o‘simliklar uchun xavfli bo‘lgan zararkunandalar mavjud yoki yo‘qligi, o‘simliklar dunyosining kushandalari - zararli organizmlar tarqalib ketishi xavfining oldi olinishi masalasiga alohida e’tibor qaratadi.

Ayni paytda elchixona tomonidan mamlakatimizda yetishtirilgan anor, uzum, limon, quritilgan gilos va jiyda, go‘sht mahsulotlari hamda tovuq oyoqchalari singari yana qator qishloq xo‘jaligi noz-ne’matlarining Xitoy bororiga eksport qilinishi uchun tegishli rasmiy ruxsat olish bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda.

“Dunyo” AA