XITOY DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Xitoy xalq siyosiy maslahatlashuv kengashi Umumxitoy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan Xitoy do‘stlik jamiyatining faxriy raisi Chen Yuan rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilov O‘zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi bilan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatdorlik asosida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat berayotganini ta’kidladi.
Tomonlar O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, ikki mamlakat parlamentlari delegatsiyalarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazilayotganini qayd etdi.
Xitoy delegatsiyasi a’zolari mamlakatimiz Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, uning qo‘mitalari, fraksiyalari va deputatlik guruhlari faoliyati bilan tanishtirildi.
– O‘zbekiston Osiyo mintaqasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda, – dedi delegatsiya rahbari Chen Yuan. – Bugungi muzokaralar O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Shu kuni Xitoy delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashida ham muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik ikki mamlakatni yanada yaqinlashtirishi ta’kidlandi. “O‘zbekiston-Xitoy” do‘stlik jamiyati, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan Xitoy do‘stlik jamiyati bu borada muhim o‘rin tutmoqda.
"Jahon" AA