Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XMT RAHBARI: “O’ZBEKISTON BILAN HAMKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XMT RAHBARI: “O'ZBEKISTON BILAN HAMKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA”

Ilgari xabar berilganidek, Jeneva shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 106-sessiyasida O’zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

Tadbir doirasida mamlakatimiz Bosh vazirining o’rinbosari - O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Tanzila Norboyeva, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov, Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov va Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisining o’rinbosari Baxtiyor Mahmadaliyev Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) Bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuv o’tkazdilar.

Xalqaro Mehnat tashkiloti rahbari O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va aholi uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar va ular berayotgan natijalar bilan yaqindan tanishdi. Shu o’rinda davlatimiz rahbarining ijtimoiy mehnat jabhasini, ish haqi, nafaqa va stipendiyalar to’lash tizimini takomillashtirish hamda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni yaxshilashga yo’naltirilgan farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr yuritildi.

Xalqaro Mehnat tashkiloti Bosh direktori G. Rayder “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida O’zbekiston bilan munosabatlar o’z tashkiloti uchun juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, shu kunga qadar tomonlar o’zaro hamkorlikning ko’pgina yo’nalishlari bo’yicha salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lsa, hozirgi paytda bandlik, mehnatni muhofaza qilish va gender tengligi masalalarida ham yangi imkoniyatlarning eshiklari ochilmoqda.

G. Rayder Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga ijobiy baho berar ekan, unda ijtimoiy soha ustuvor yo’nalishdan biri sifatida belgilanganini aytdi. U O’zbekistonda munosib mehnat bo’yicha Davlat dasturining amalga oshirilishiga hamda halqaro mehnat andozalariga asosan tadbiq etilgan mehnat me’yorlariga yuqori baho berdi.

Bosh direktor Xalqaro Mehnat tashkilotining Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to’g’risidagi 87-sonli Konvensiyasi ratifikatsiya qilingani uchun O’zbekiston rahbariyatiga alohida minnatdorlik bildirdi. “Umid qilamizki, Xalqaro Mehnat tashkilotining boshqa konvensiyalari respublikaning milliy qonunchiligiga muvofiqligini o’rganish bo’yicha ishlar davom etadi”, dedi u.

G.Rayder ikki tomonlama hamkorlikni bundan-da kengaytirish, huquqiy zaminni yanada takomillashtirish, hamkorlik rejalari va amaliy chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish zarur ekanligini ham ta’kidladi.

“Jahon” AA, Jeneva