Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

XODIMLAR MEHNATI ISHONCHLI HIMOYADA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
XODIMLAR MEHNATI ISHONCHLI HIMOYADA

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab «Mehnat muhofazasi sohasida profilaktika madaniyatini birgalikda yuqori darajaga ko‘taramiz» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Yo.Umarov, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi B.Niyozmatov, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi boshlig‘i B.G‘ulomov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash, yoshlarning o‘z qiziqishi va layoqati bo‘yicha bilim va kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish, bandlikni ta’minlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan xodimlar mehnatini muhofazalash, bu jarayonda profilaktika choralarini kuchaytirish masalasiga doimiy e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yillar davomida mehnat muhofazasini kuchaytirish maqsadida federatsiya kengashi hamda hududiy va tarmoq kasaba uyushmalarida mehnatni muhofaza qilish xizmati ishga tushirildi. Mehnatda jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish, ish beruvchilar mas’uliyatini oshirish kabi masalalar mazkur xizmat faoliyatining asosiy mezonidir.

Natijada boshlang‘ich kasaba uyushmalari tomonidan mehnat jamoalarida xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratilishi bilan birga, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklariga chalinishning oldini olishga erishilmoqda. Jamoa shartnomalari orqali ijtimoiy-maishiy obyektlarning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yilib, xodimlar tegishli tartibda maxsus kiyim, shaxsiy himoya vositalari, profilaktika oziq-ovqatlari bilan ta’minlanmoqda.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2015-2016-yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi ishlab chiqilib, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan imzolandi.

– Korxonamizda 2600 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi, – deydi «Bekobodsement» aksiyadorlik jamiyatining mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i Dilrabo Qodirova. – Ishchilar uchun qulay sharoit yaratish, ular mehnatini muhofazalashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xodimlar har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur hollarda salomatligini tiklash uchun shifo maskanlari, sihatgohlarga imtiyozli tarzda yuboriladi. Bularning barchasi xodimlar o‘rtasida kasb kasalliklari keskin kamayishida asosiy omil bo‘lmoqda.

Tadbirda xodimlar mehnati muhofazasini samarali ta’minlashda davlat, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligi samarasini kuchaytirish, mehnat muhofazasiga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish kabi masalalar atroflicha muhokama etildi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini tashkil etishga oid ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘lgan korxona va tashkilotlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Jahon" AA