Xotin-qizlar faolligi oshmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Andijon viloyatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan qizlar bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini ta’minlash, intilish va tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Opa-singillarimizga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ularning ishtiroki tobora kengayib bormoqda.
Baliqchi industrial-pedagogika kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar, kasb-hunar kollejlari rahbarlari, mahalla maslahatchilari ishtirok etdi.
– Joriy yilda tumandagi 8 kasb-hunar kollejini tamomlayotgan 3 mingga yaqin o‘quvchining 1 ming 554 nafari qizlardir, – deydi Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Go‘zalxon Dehqonova. – Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga doimiy e’tibor qaratib kelmoqdamiz. Ta’lim muassasasi, korxona va bitiruvchi o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma ijrosi, bitiruvchilarning amaliyot o‘tash jarayoni muntazam monitoring qilib borilmoqda.
Oltinko‘l tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Orasta qizlar” to‘garaklari faoliyatini yaxshilash, umuta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan qizlarning puxta bilim olishi bilan birga, o‘qish va jamoat ishlaridagi faolligini oshirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, muomala, kiyinish madaniyatini, reproduktiv salomatlik haqidagi tushunchalarini boyitish borasida olib borilayotgan ishlar hamda mahallalarda ma’naviy muhit barqarorligini, oilalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlar tarbiyasi, xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Andijon tumani Istiqlol mahallasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘inlari boshlang‘ich xotin-qizlar tashkilotlari qoshida tashkil etilgan sektorlar faoliyati, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
– Tumanimiz aholisining 110 mingdan ziyodi xotin-qizlardir, – deydi Andijon tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nodiraxon Zokirova. – Ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, faolligini oshirish, intilish va tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi 77 mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti qoshida tashkil etilgan oilaga kirish, bandlik, salomatlik, ta’lim-tarbiya, jinoyatchilikning oldini olish sektorlari faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sektorlarning o‘zaro hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorligi mustahkamlanmoqda.
Yig‘ilishlarda ko‘rilgan masalalar, umuman, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, opa-singillarimizning bandligini ta’minlash, ularning turmush farovonligini yuksaltirish, oilaviy biznes va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, hunarmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa qator yo‘nalishlarda qilinishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar xususida fikr almashildi.
Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.