Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Xotin-qizlar uchun tadbirkorlik kunlari

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Xotin-qizlar uchun tadbirkorlik kunlari

Poytaxtimizda “Tadbirkor ayol: Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shamiz” deb nomlangan tadbir va savdo ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda usta-hunarmandlar, tadbirkor ayollar, talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning 40 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Tadbirkorlik subyektlarini mikrokreditlashga oid me’yoriy-huquqiy baza yaratilgani tadbirkor ayollar faoliyatini rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslarni ajratishda qo‘l kelmoqda.

– O‘z biznesimni boshlash uchun “Mikrokreditbank”dan kredit olgan edim, – deydi Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi yakka tadbirkor Gulnora O‘rolova. – Sarmoya evaziga kashtachilik buyumlarini tikish uchun xomashyo xarid qildik. Hozir Nurota kashtachiligi usulida ellik turdagi mahsulot ishlab chiqarmoqdamiz. So‘zana, ayollar sumkasi, yostiq jildlari, dasturxon va kostyumlar shular sirasidandir.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilda tadbirkor ayollarga salkam bir trillion so‘mga yaqin kreditlar ajratilib, bu borada 2013-yilga nisbatan qariyb 1,4 barobarga o‘sish ta’minlangan. Joriy yilda ham ishbilarmon ayollarga bir trillion uch yuz million so‘mdan ziyod kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

– Ko‘rgazmada “Marg‘ilon”, “Navro‘z”, “Rasadxona”, “Bibixonim” “Nog‘ora”, “Kiprik”, “Qirolicha”, “Panja”, “Kelinchak” kabi o‘ttiz turdan ortiq atlas va adras matolar bilan ishtirok etmoqdamiz, – deydi marg‘ilonlik tadbirkor Nargiza Hojimatova. – Mahsulotlarimizni katta qiziqish bilan xarid qilishmoqda.

Xotin-qizlar rahbarlik qilayotgan ishlab chiqarish korxonalari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar va fermerlarning mahsulotlarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda yangi biznes loyihalar bo‘yicha shartnomalar tuzish, tadbirkor ayollarni soliq va bojxona qonunchiligidan xabardor qilish, bitiruvchi qizlar uchun tadbirkorlik borasida saboqlar berish ham ko‘zda tutilgan.
Qashqadaryo viloyatida joriy yildan yaxshi an’ana yo‘lga qo‘yildi. Tumanlarda “O‘zbegim durdonasi” nomli ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilib, unda yoshi ulug‘ hunarmand, tadbirkor ayollar tayyorlagan mahsulotlar namoyish etilmoqda. Mohir ustalar yoshlarga hunar sirlarini o‘rgatmoqda.

– Bunday tadbirlar tajriba almashish, ayollar tadbirkorligidagi yutuq va istiqbolli rejalar bilan tanishishda qo‘l keladi, – deydi “Tadbirkor ayol” uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi Oynisa Ochilova. – O‘tgan yili kasb-hunar kollejlarining ikki mingdan ortiq bitiruvchi qizlarini tadbirkorlikka jalb etish maqsadida yigirmaga yaqin yo‘nalishda o‘qitdik. Ulardan ellik nafariga bankdan kredit olishda ko‘maklashdik. Ushbu ko‘rgazmaga o‘z biznesini boshlagan o‘n ikki nafar tadbirkorni olib keldik.

Ko‘rgazma-savdo doirasida tadbirkorlik kunlari, seminar-treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, usta-hunarmandlar tomonidan qator yo‘nalishlarda mahorat saboqlari tashkil etiladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova ishtirok etdi.

www.uza.uz