Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish dasturi tasdiqlandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekistonda joriy yilda umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni «Jasorat, burch, matonat» shiori ostida keng nishonlanadi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning farmoyishiga muvofiq, Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish dasturi tasdiqlandi. 9 may arafasida mamlakatimizda 1941-1945-yillardagi urush faxriylariga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan “Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali va bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi, deya xabar beradi Uzbekistan Today agentligi.
Bundan tashqari, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, shuningdek, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan keksalar holidan xabar olinadi, ularga esdalik sovg’alari topshirilib, tantanali tadbirlar va konsert dasturlari tashkil etiladi.
Markaziy tele va radiokanallar hamda hududiy teleradiokompaniyalarda «9 may - Xotira va qadrlash kuni» rukni ostida turkum hujjatli va badiiy filmlar, axborot dasturlarida lavhalar namoyish etiladi.
Ijodiy guruhlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan konsert dasturlari, sahna asarlari va kinofilmlar namoyishini tashkil qiladi. Madaniyat va istirohat bog’lari, ko’cha va maydonlarda “Yer yuzida tinchlik uchun” shiori ostida teatrlashtirilgan tomoshalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport tadbirlari o’tkaziladi. Yoshlar o’rtasida Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan sport turnirlari va xayriya marafonlari bo’lib o’tadi.
1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, keksa otaxon va onaxonlar uchun bolalar musiqa va san’at maktablari o’quvchilari ishtirokida “Urush yillari ohanglari” konsert dasturi tashkil etiladi.
Mazkur hujjatga muvofiq, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish, ularga malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish, ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, klinikalar, ilmiy-tadqiqot institutlarida davolanish uchun imtiyozli orderlar ajratish, doimiy ko’maklashish, jumladan, uyida tibbiy yordam ko’rsatish uchun tibbiyot xodimini biriktirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
“Jahon” AA