Xush kelibsiz xabar

Hurmatli vebsahifamiz mehmoni,
Ozbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo’linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasi vebsaytiga xush kelibsiz. Sayt O'zbekiston hamda Jenevada qarorgohi joylashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning asosiy jihatlari haqida ma'lumot berish uchun mo'ljallangan. Vebsahifamiz turli foydali malumotlarni taqdim etish orqali O'zbekiston haqida bilimlaringizni oshirishga, respublikada kechayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari hamda mamlakatimizning ko'p tomonlama hamkorligini yanada yaxshiroq tushunishga xizmat qilishiga ishonamiz. {{Eng ezgu tilaklar bilan, ELDIYOR TOSHMATOV _ Elchi, Ozbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo’linmasining Doimiy vakili