Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Yangi loyihalar – mustahkam hamkorlikka zamin

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Yangi loyihalar – mustahkam hamkorlikka zamin

Navoiyda IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-martdagi “2015-yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda ushbu an’anaviy yarmarka mahalliy xomashyo asosida raqobatbardosh, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarayotgan yirik sanoat korxonalarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorligini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Yarmarkada 200 dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchi, kichik biznes subyekti, xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar yangi ishlanma hamda mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Chetdan import qilinayotgan mahsulot va butlovchi qismlarning mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish, eksportbop tovarlarni ko‘paytirish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy omillardan biridir. Yarmarkada viloyatda mahalliylashtirish dasturi asosida o‘zlashtirilayotgan maishiy texnika va buyumlar, zamonaviy tibbiyot preparatlari namoyish etildi.

– Ushbu an’anaviy yarmarka biz kabi yangi ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zaro kooperatsion aloqalarni mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi Navoiy shahridagi “Bagil medical new technology” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi menejeri Umida Ro‘zmatova. – Korxonamiz yiliga 48 million dona bir martalik tibbiyot shprisi ishlab chiqaradi. Ayni paytda ichki va tashqi bozordan munosib o‘rin egallash borasida izlanishlar olib bormoqdamiz. Yarmarkada 100 million so‘mlik shartnoma imzoladik.

Yarmarkada qulay bank xizmati turlari, qishloq xo‘jaligidagi yangiliklar hamda mahalliylashtirish dasturi asosida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha va ishlanmalar namoyish etildi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yangi texnika va texnologiyalarni xarid qilish yuzasidan shartnomalar imzolandi.

www.uza.uz