Yangi namunadagi kadastr pasporti afzalliklari maʼlum qilindi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Kadastr sohasi ham zamonaviy innovatsion yechimlar joriy etilmoqda. Buning yorqin misoli - maxsus NFS texnologiyali mikrochipga ega “smart” yaʼni aqlli karta shaklidagi kadastr pasportidir. Bu haqda “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi maʼlum qilmoqda.
Yangi namunadagi kadastr pasporti quyidagi afzalliklarga ega:
1. Barcha kadastr maʼlumotlari bir joyda yagona maʼlumotlar bazasida saqlanadi. Smart karta ichidagi maʼlumotlar onlayn ravishda bazaga ulangan holda koʻriladi.
2. Barcha kadastr maʼlumotlari bir joyda, tartibli, qulay shaklda, toʻliq ravishda joy oladi.
3. Uy-joy bilan bogʻliq barcha kadastr ishlari doimiy ravishda elektron qayd etib boriladi va elektron kadastr tarixi vujudga keladi.
4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligi yuqori saviyada tashkil qilinadi.
5. Notarial idoralarda uy-joyni rasmiylashtirish vaqtida hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoni sezilarli ravishda yengillashadi.
6. Smart karta yoʻqolib qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda, masofadan turib bloklanadi va qisqa vaqt ichida yangi kadastr pasporti taqdim etiladi.
7. Geoportal bilan integratsiya natijasida uy-joyning geografik maydoni va chegarasi toʻgʻrisida oʻta aniq maʼlumot smart kartadan joy oladi.
8. Maxsus mobil ilova orqali kadastr pasporti maʼlumotlarini koʻrish imkoni yaratiladi. Buning uchun smart kartani telefonga yaqinlashtirish kifoya.
9. Maxsus NFS texnologiyasiga ega mikrochipli smart karta keng imkoniyatlarga ega. Tez orada uy-joy bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kommunal, soliq, ipoteka va sugʻurta xizmatlarini smart karta orqali ishlatishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
UzA