Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Yangi ziyo maskani

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Yangi ziyo maskani

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot-resurs markazi bolalar kutubxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda yosh avlodning zamonaviy bilimlarni puxta egallashi, yuksak salohiyatli insonlar bo‘lib voyaga yetishi, milliy qadriyatlarimizni qayta tiklash va yanada rivojlantirishda axborot-resurs markazlari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2011-yil 23-fevraldagi “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida qad rostlagan ziyo maskani qurilishiga 4 milliard 125 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

Kutubxonada jajji kitobsevarlar uchun barcha qulaylik yaratilgan. 36 o‘rinli o‘quv zali, 24 o‘rinli komputer xonasi, 50 o‘rinli majlislar zali hamda maslahat xonasi zamonaviy tarzda jihozlangan.

– Bolalar kutubxonasi 6 ming kitob fondiga ega, – deydi axborot-resurs markazi rahbari Zulfiya Seytniyozova. – Bu yerda kutubxona xodimlari va kitobxonlar uchun barcha sharoit yaratilgan.

– Ushbu kutubxona mening sevimli maskanlarimdan biri, – deydi Nukus shahridagi 31-umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Go‘zal Ibrohimova. – Joriy yilda fan olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida qoraqalpoq tili va adabiyotidan birinchi o‘rinni egalladim. Buning hammasi kitob bilan do‘st va sirdosh bo‘lganimdandir.

Tadbir doirasida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv, “Yangi axborot texnologiyalari va internet sinf xizmati” mavzusida taqdimot va “Kitob – xazinalar kaliti” deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

www.uza.uz