YANGICHA YONDASHUV – YANGI ZAFARLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7-fevraldagi farmoni bilan 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. O‘tgan qisqa davrda xalqimiz hayotida ro‘y berayotgan yuksalishlar Harakatlar strategiyasida belgilangan dasturiy maqsadlar naqadar to‘g‘ri ekanini isbоtlamoqda, xalqaro ekspertlar bu dasturiy maqsad-vazifalar nazariy va amaliy jihatdan puxta tayyorlanganini e’tirof etmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi, Toshkent moliya instituti va G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali bilan hamkorlikda tashkil etgan tadbirda Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishidagi ustuvor vazifalari haqida so‘z bordi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori B.Hodiyev, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali rektori Q.Abdurahmonov, Soliq akademiyasi prorektori B.To‘xliyev, Toshkent moliya instituti prorektori N.Haydarov va boshqalar Harakatlar strategiyasi mamlakatimizning chorak asrlik taraqqiyot yo‘li va erishilgan natijalarning mantiqiy davomi, to‘plangan boy tajriba va yorqin istiqbolga intilish mahsuli, taraqqiyotga erishishning yangi modeli ekanini ta’kidladi. Mazkur dasturiy hujjatning birgina iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishida 2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard dollar miqdordagi 649 investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.
Tadbirda Harakatlar strategiyasi doirasida sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, xizmatlar va turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
– Mamlakatimizning qadimiy shaharlari, tarixiy obidalari, so‘lim tabiati, betakror manzarasi hamisha sayyohlarni o‘ziga jalb qilib keladi, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti Nodirbek Rasulov. – Harakatlar strategiyasi va boshqa dasturiy hujjatlarning izchil ijrosini ta’minlash mamlakatimizni yirik sayyohlik markazlaridan biriga, turizm sanoatini iqtisodiyotimizning yetakchi sohasiga aylanishiga xizmat qiladi.
Tadbirda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, korxona va tashkilotlarda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O’zA