Yaponiya hukumati rahbari Kim Chen In bilan uchrashish niyatida
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakat parlamentining navbatdan tashqari sessiyasidagi chiqishida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish, shuningdek Xitoy bilan munosabatlarni yangi davrga olib chiqish niyatida ekanini ma’lum qildi.
“Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyatda AQSh va dunyo hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda biz xalqimizning xavfsizligini ta’minlash uchun hamma narsani qilamiz. Birinchidan, Shimoliy Koreyada majburan ushlab turilgan Yaponiya fuqarolarining muammolarini hal qilish maqsadida Mehnat partiyasi yetakchisi Kim Chen In bilan hech qanday shartlarsiz uchrashishga qaror qildim. Biz birorta ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, sovuqqonlik bilan olib borilgan tahlil asosida qat’iy harakat qilamiz “, degan Abe.
U o‘z nutqida Xitoy bilan munosabatlarning ahamiyatiga to‘xtalib, XXR raisi Si szinpinning kelgusi bahorda Yaponiyaga amalga oshirajak tashrifi muhimligini ta’kidlagan.
“Biz Yaponiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yangi davrini ochamiz. Keyingi yili, sakura gullab-yashnaganda, Prezident Si szinpin Yaponiyaga davlat tashrifini uyushtiradi. Biz nafaqat yuqori darajadagi muloqot bilan cheklanib qolmay, balki yosh kadrlar va iqtisodiy almashinuvni kengaytirish asnosida Yaponiya-Xitoy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘taramiz “, degan Yaponiya hukumati rahbari.
Yaponiya bosh vaziri o‘z chiqishida mamlakatning Amerika bilan ittifoqchilik munosabatlari daxlsiz ekanligini ham ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, bugun 4 oktabrda Yaponiya parlamentining navbatdan tashqari sessiyasi ochildi. Sessiya dekabr oyining boshiga qadar davom etadi.
O‘zA