Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

YEVGENIY SLOBODA: O‘ZBEKISTONDA SAYLOV KAMPANIYASI QONUN DOIRASIDA, XALQARO STANDARTLAR BO‘YICHA OCHIQ VA OSHKORA O‘TMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
YEVGENIY SLOBODA: O‘ZBEKISTONDA SAYLOV KAMPANIYASI QONUN DOIRASIDA, XALQARO STANDARTLAR BO‘YICHA OCHIQ VA OSHKORA O‘TMOQDA

Mamlakatimiz, xalqimiz muhim siyosiy voqea arafasida turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Shu kunlarda butun dunyo nigohi O‘zbekistonga qaratilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu saylovni kuzatish uchun xalqaro kuzatuvchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari, yetakchi ekspertlar mamlakatimizga kelmoqda. O‘zA muxbiri MDH Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Yevgeniy Sloboda bilan suhbatlashdi.

– O‘zbekistonda Prezident sayloviga doir qonunchilik asoslari takomillashtirilib, fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida ma’lum o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganidan xabardormiz, – dedi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Yevgeniy Sloboda. – 2015-yil dekabrda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari yanada aniqlashtirilgan. Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lolmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi. Qonunda siyosiy partiyalarning saylovda qatnashishi, o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlashi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi. Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilari umumiy sonining besh foizidan bir foiziga qisqartirildi.

O‘zbekistonda o‘tgan parlament va Prezident saylovlarida kuzatuvchi sifatida qatnashganmiz. O‘zbekistondagi siyosiy tadbirlarda aholining faolligi tobora oshib borayotganini kuzatmoqdamiz. Bu ularning siyosiy va huquqiy madaniyati yuksakligidan dalolatdir.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha saylovoldi tashviqotlari o‘tkazilgani, keng miqyosda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonun, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, saylov kampaniyasining mazmun-mohiyati tushuntirilgani, mavzuga oid targ‘ibоt tadbirlari, davra suhbati, seminar, uchrashuv va konferensiyalar tashkil etilgani, ommaviy axborot vositalari orqali maqola, eshittirish va ko‘rsatuvlar e’lon qilib borilayotgani, turli targ‘ibоt materiallari tarqatilganini alohida qayd etmoqchiman. Birgina misol: saylovoldi tashviqotlariga doir 100 mingdan ortiq plakat jamoat joylari, transport vositalari, saylov uchastkalari, odamlar gavjum hududlarga joylashtirilgan. Ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilinayotgan materiallar ham fuqarolar siyosiy madaniyatini oshirishga hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekistonda xotin-qizlarning siyosiy faolligiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu ushbu saylov jarayonlarida ham namoyon bo‘lmoqda. Qarang, okrug saylov komissiyalarining 152 a’zosidan 56 nafari xotin-qizlardir. Ularning 12 nafari saylov komissiyalarida rahbarlik qilmoqda. Uchastka saylov komissiyalari tarkibida xotin-qizlar 47,4 foizni tashkil etadi. O‘zbek xotin-qizlari siyosiy hayotda dunyoning boshqa ko‘plab davlatlari havas qilgulik darajada faol.

Saylovoldi tashviqotlari, umuman, saylov bilan bog‘liq jarayonlarda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari rolini juda yuqori baholaymiz. Yaqinda Markaziy saylov komissiyasida barcha saylov komissiyasi a’zolari ishtirokini ta’minlovchi videokonferensiya tashkil etildi. Bu ham ochiqlik va oshkoralikni qaror toptirishdagi eng samarali usullardan biri. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar qatnashdi. Boshqa tomondan, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, yetakchi axborot agentliklari, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolagani bu yilgi saylov kampaniyasini har tomonlama xolis yoritishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur yo‘nalishda milliy ommaviy axborot vositalari orqali 10 mingdan ortiq materiallar e’lon qilingani e’tiborga molik. Ommaviy axborot vositalari saylovoldi tashviqotida barcha nomzodlar uchun teng sharoit yaratib, haqqoniylik va xolislikni ta’minlamoqda.

Bir necha viloyatlarda, ko‘plab saylov uchastkalarida bo‘ldik. Kuzatuvlarimga asoslanib ishonch bilan aytishim mumkinki, mamlakatingizda saylov kampaniyasi qonun doirasida, xalqaro standartlar bo‘yicha ochiq va oshkora o‘tmoqda. Saylovchilarning Prezidentlikka nomzodlarning dasturi bilan tanishishi, o‘zlari xohlagan nomzodga ovoz berishi, o‘z huquqlaridan foydalanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O’zA