YEVROKOMISSIYA VITSE-PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 18-may kuni Brussel shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti, YIning Energetika ittifoqi masalalari bo‘yicha komissari Marosh Shevchovich bilan uchrashdi.
Uchashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yil yanvar oyida Brussel shahriga tashrifi doirasida imzolangan energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston va YI o‘rtasida o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi Memorandumni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, mazkur hujjat ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikka yangi turtki bo‘ldi. Hozirgi kunda qator yetakchi Yevropa kompaniyalari mamlakatimizda investitsion loyihalarni amalga oshirishda hamda energetika tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha tender jarayonlarida ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda 2015-2019-yillarda energetika sohasini tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha qiymati 38 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan 870 ta yirik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan davlat dasturi qabul qilinganligi to‘g‘risida Yevropa tomoniga ma’lumot berildi.
Uchrashuvda ba’zi mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
"Jahon" AA